MySQL Memcache ni ham orqada qoldirdi.

Salom. Yaqinda ayrim sabablarga ko'ra manga juda tez ishlaydigan baza kerak bo'lib qoldi. Ko'rmagan variantim qolmadi. NoSQL bazalarni ham ko'rdim. Oxir oqibat yana MySQL ga qaytib keldim. Yozmoqchi bo'lganim yangilikmasu, lekin kimlardir hali bu narsa haqida eshitmagan bo'lsa kerak.

2010 yil oktyabr oyida Yoshinori Matsunobu tomonidan MySQL ga yangi HandlerSocket nomli plugin yozilgan (manimcha) bu plugin InnoDB jadvallar bilan ishlab, sekundiga 750 mingta so'rovni amalga oshirishi mumkin ekan. Agar InnoDB jadvallari barchasi RAM ga siqqan taqdirdagina.

O'zimda sinab ko'rdim, boshqacharoq test qildim. Oddiy SQL so'rov bilan jadvalga ma'lumot qo'shdim. Sekundiga o'rtacha 200 ta to'g'ri keldi. Keyin bu pluginni ishlatib qigandim 20.000 taga to'g'ri keldi. Lekin SELECT da deyarli farq bo'lmadi. Manimcha InnoDB nastroykasini noto'g'ri qigan bo'lsam kerak.

To'liq maqola: ruscha english Source Code

Nasib qilsa ushbu pluginni qanday o'rnatish va undan foydalanish haqida ko'rsataman.

4 комментария

saidolim
Assalomu alaykum,

Bitta savol bor edi. MySQL da huddi MS Sql va Oracle kabi procedure yoki function yozish mumkinmi, mumkin bo`lsa qaysi darajada, oddiy trigger sifatidami yoki avtonom ishlay oladigan procedure sifatidami, shuni ham yozib yuborsangiz.

Katta rahmat,
Saidolim
0
shranet
Ha yozsa bo'ladi, qaysi versiyasidan qo'shilganini bilmimanu lekin PROCEDURE, FUNCTION va TRIGGER larni ishlatganman. Hammasi norm ishlagan.
0
jamic
shranet, Nima deb uylaysan balki So`rovni bajarishdan oldin, yoki service start qilinganda Mysql ni data filelarini Operativ xotiraga yuklab ishlarmikin???
0
shranet
Haliyam shundoq, InnoDB da nastroyka qisang barcha InnoDB dagi tablelarni RAM ga yuklaydi. Agar HDD dan o'qisa bunaqa tezlikka erishib bo'lmaydi.
0