Web sahifalarni optimallashtirish vositalari
Web developer sifatida bilishimiz kerak bo'lgan ayrim vositalar to'g'risida. Umuman olganda ixtiyoriy web-saytni yaratishda avvalambor dizaynerlar va dasturchilar muhim ro'l o'ynaydi. Sayt kontenti, mazmuni, dizayni va uning parda ortidagi tarafi — backend qay darajada professional yozilganligi uning reytingini belgilab berishi turgan gap. Shu o'rinda web-saytni TOP qatorlarda turishi SEO va Performance kabi 2 asosiy mezonga ham bog'liq. Uzr, ayni shu o'rin uchun mos performance atamasining o'zbek tilidagi yaxlit qiyofadoshini topa olmadim, to'g'ri uni samaradorlik, unumdorlik kabi so'zlar bilan ifodalashimiz mumkin, lekin ayni «website performance» jumlasi ma'nosini ifodalab berishi qiyindek tuyuldi menga, balkim Sizga biror bir fikr kelgandir. Umuman olganda web-sayt ishlash tezligi, so'rovlarga tez va behato javob bera olish qobilyati, web standartlarga mosligi, brauzerda ifodali va qulay tarzda ko'rina olishi kabilarni «performance» deb tushunsak bo'ladi.
Maqsadga o'tadigan bo'lsam hozirda ayni web-sayt samaradorligini tahlil etish va uni mavjud standardlar asosida o'lchab, tekshirib, testlab va kerak bo'lsa web-saytni optimallashtirish borasida maslahatlar bera oladigan on-layn servizlar haqida fikr almashmoqchiman. Menimcha bu narsani ko'pgina web-dasturchilar biladi, maqsad shu sohaga kirib kelayotgan hamkasblarimizni bohabar etish. Demak, web-saytlarni optimallashtirishda bizga yaqindan yordam beradigan servizlar haqida.
Yana bir ajoib tarafi natijalarni pdf formatda yuklab olsa ham bo'lar ekan. Bu xizmatga birinchi bo'lib Magento freymworkida qurilgan on-layn do'konlarni testlash jarayonida duch kelgan edim. Katta yordam bergan, hattoki Magento uchun moduli ham mavjud. Balkim boshqa cms va freymworklar uchun ham yordamchi ekstenshnlari bordir, qiziqsangiz qarab ko'ring. Bu servisning REST API si ham mavjud bo'lib muayyan web-saytga integratsiya qilish ham mumkin ekan.
Umuman olganda web-saytlarni optimallashtirish bo'yicha ixtiyoriy vositadan foydalanmang, ulardagi asosiy parametrlar bir xil:
To'liq va professional malumotlarni quyidagi havoladan oling:
1. developers.google.com
2. gtmetrix.com recommendations
Yuqorida men tajribamda qo'llab ko'rgan vositalarni berib o'tdim. Umuman olganda ushbu qoidalarning har birini alohida-alohida mavzu sifatida yoritsak arziydi, navbatdagi xabarlarda bloggerlarimiz yoki o'quvchilarimiz ushbu optimallashtirish qoidalari bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashgan holda tayorlangan qiziqarli maqolalar ko'payib qolishi aniq. Agar sizda ham mavzu bo'yicha yangiliklar bo'lsa, kutib qolamiz.
Maqsadga o'tadigan bo'lsam hozirda ayni web-sayt samaradorligini tahlil etish va uni mavjud standardlar asosida o'lchab, tekshirib, testlab va kerak bo'lsa web-saytni optimallashtirish borasida maslahatlar bera oladigan on-layn servizlar haqida fikr almashmoqchiman. Menimcha bu narsani ko'pgina web-dasturchilar biladi, maqsad shu sohaga kirib kelayotgan hamkasblarimizni bohabar etish. Demak, web-saytlarni optimallashtirishda bizga yaqindan yordam beradigan servizlar haqida.
gtmetrix.com
Bu servis web-saytni to'liq taxlil qilgan holda uning optimallashtirish lozim bo'lgan parametrlarini taqdim etadi. Uni qanday ishlatish haqida to'xtalmoqchi emasman, kiring ko'ring hammasi oddiy. Qisqacha ushbu rasmdan tushunib olishingiz mumkin.Yana bir ajoib tarafi natijalarni pdf formatda yuklab olsa ham bo'lar ekan. Bu xizmatga birinchi bo'lib Magento freymworkida qurilgan on-layn do'konlarni testlash jarayonida duch kelgan edim. Katta yordam bergan, hattoki Magento uchun moduli ham mavjud. Balkim boshqa cms va freymworklar uchun ham yordamchi ekstenshnlari bordir, qiziqsangiz qarab ko'ring. Bu servisning REST API si ham mavjud bo'lib muayyan web-saytga integratsiya qilish ham mumkin ekan.
tools.pingdom.com
Avvalgi servisga o'xshash. Web-sayt yuklanishining waterfall (sharshara) modelini ko'rsatib beradi. Qo'shimcha tarafi mobil qurilmalar uchun ilova dasturi ham mavjud, on-layn tarzda web-saytingiz holatini kuzatib borish, statistikalarni yuritish imkoni mavjud. Registratsiyadan o'tgan holda sinab ko'rish imkoni bor.YSlow
Yahoo Developers dan Firefox uchun ajoib ekstenshn, o'rnatib foydalanib ko'ring.Umuman olganda web-saytlarni optimallashtirish bo'yicha ixtiyoriy vositadan foydalanmang, ulardagi asosiy parametrlar bir xil:
- Css/JS, Image fayllarni minimallashtirish;
- So'rov headerlarida (Request Headers) kontentni keshlash qoidalari;
- Web-serverda kontentni siqish (gzip) qoidalari;
- Stildagi rasmlarni birlashtirish (sprite);
- Qayta jo'natish (Redirect) va hato so'rov (Bad Requests) larni tekshirish;
- Css/JS larni joylashish va yuklanish tartibi, kontent ichidagi qatorli skriptlar (Inline Scripts)ni tekshirish;
- Kontentni yetqazish tarmoqlari (CDN — content delivery networks) dan foydalanish;
- Statik kontentlar uchun keshlash, kesh taglar, kesh validatorlardan va cookie qoidalari;
- DNS qidiruv (DNS Lookups)ni minimallashtirish;
- Brauzerda contentni tasvirlash (Browser Rendering)ni optimallashtirish;
To'liq va professional malumotlarni quyidagi havoladan oling:
1. developers.google.com
2. gtmetrix.com recommendations
Yuqorida men tajribamda qo'llab ko'rgan vositalarni berib o'tdim. Umuman olganda ushbu qoidalarning har birini alohida-alohida mavzu sifatida yoritsak arziydi, navbatdagi xabarlarda bloggerlarimiz yoki o'quvchilarimiz ushbu optimallashtirish qoidalari bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashgan holda tayorlangan qiziqarli maqolalar ko'payib qolishi aniq. Agar sizda ham mavzu bo'yicha yangiliklar bo'lsa, kutib qolamiz.
Chu yerda online ko'rinishi va Chrome uchun extension bor. Man shundan foydalangandim.