UZTE smartfonlari va ularning Xitoydagi analoglari


Bugun Daryo internet nashri UZTE smartfonlari nihoyat sotuvga chiqqani va smartfonlarning narxlari haqida e'lon qildi. Xitoyda ishlab chiqariladigan smartfonlar harakteristikasi va narxlari bilan qiziqib yurganim uchun UZTE haqida yozmaslik mumkin emasdi. Quyida biz mahalliy mahsulot — UZTE smartfonlarining tavsifi bilan tanishib, ular bilan deyarli bir xil narxdagi Xitoy telefonlarini keltiramiz.

Demak birinchi smartfon. UZTE Grand V.

Grand V
Narxi: 250 000 so'm
Operatsion tizim: Android 4.0 Ice Scream Sandwich
Protsessor: MSM 7225A Qualcomm 800MHz, 2yadroli Cortex A5
Tezkor xotira: 512 Mb
Ichki xotira: 1 Gb
Xotira kartasi qo'yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 3 Mp
Akkumulyator: Li-lon, 1200 mAh
Og'irligi: 120 g
Display: 3.5" TFT-matritsa (tahmin)

2yadroli Cortex A5 protsessorlari biroz eskirgan, lekin budjet smartfonlarga mos keladi. Umuman hozir Xitoyda smartfonlarga Mediatek protsessorlari qo'yilmoqda. Ushbu telefonning eng katta kamchiligi 512mb tezkor va 1Gb ichki xotiraga Android 4.0 o'rnatilganidir. Sobiq qurilmam, Sony Ericsson Arc S smartfonini Android 4.0 ga yangilaganimdan keyin, 512Mb.li smartfon operativ xotira yetishmovchiligi tufayli yangi OSda sekin ishlashni boshlagan. Undan smartfonni sotib qutilgan edim. 1Gb ichki xotiradan 400Mb OS uchun band bo'ladi.
Narxi 250000 so'm, ko'cha kursida taxminan 90 у.е. bo'ladi. Narx yuqoridagi parametrlar uchun qimmat. Xitoy bozorida UZTEga analog smartfonlar ko'plab topiladi.

Ulardan biri — Lenovo A660.

Lenovo A660
Narxi: 85-90 у.е.
Operatsion tizim: Android 4.0 Ice Scream Sandwich
Protsessor: MediaTek MT6577 1 GHz, 2yadroli Cortex A9
Tezkor xotira: 512 Mb
Ichki xotira: 4 Gb
Xotira kartasi qo'yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 5 Mp
Akkumulyator: Li-lon, 1500 mAh
Og'irligi: 138 g
Display: 4" TFT-matritsa, 800×480, 233 ppi
Afzalligi: Suv o'tqizmaydigan smartfon.

Ikkinchi smartfon. UZTE Grand M

Grand M
Narxi: 420 000 so‘m ~ 150 у.е.
Operatsion tizim: Android 4.0
Protsessor: Mediatek MTK6577, 1 GHz, 2yadroli Cortex A9
Tezkor xotira: 512 Mb
Ichki xotira: 4 Gb
Xotira kartasi qo‘yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 5 Mp
Akkumulyator: Li-lon, 1600 mAh
Og‘irligi: 130 g
Display: 4" TFT-matritsa (tahmin)

Grand M ham budjet smartfon, ammo narxi budjetga to'g'ri keladigan narx emas)) Ortiqcha izohga hojat yo'q. Xitoyda 150 у.е. atrofida ko'pgina qiziq takliflar chiqdi. Ulardan eng yaxshi 2tasini keltirib o'taman:

Lenovo A820

Lenovo A820
Narxi: 145-150 у.е.
Operatsion tizim: Android 4.1
Protsessor: Mediatek MTK6589, 1.2 GHz, 4yadro
Tezkor xotira: 1 Gb
Ichki xotira: 4 Gb
Xotira kartasi qo‘yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 8 Mp
Akkumulyator: Li-lon, 2000 mAh
Display: 4.5" TFT-matritsa, 960x540.
Afzalligi: 4.5 dyumli ekran kino ko'rish, o'yin o'ynash uchun yaxshi variant.

Jiayu G3

Jiayu G3
Narxi: 155-160 у.е.
Operatsion tizim: Android 4.2
Protsessor: Mediatek MTK6577, 1 GHz, 2yadro
Tezkor xotira: 1 Gb
Ichki xotira: 4 Gb
Xotira kartasi qo‘yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 8 Mp
Akkumulyator: Li-lon, 3000 mAh
Display: 4.5" IPS-matritsa, 1280x720.
Afzalligi: IPS matritsali 4.5 dyumli ekran, katta zaryad sig'imiga ega batareyka, alyumin korpus.
Jiayu G3 tashqi ko'rinishida HTC One'ni eslatib yuboradi, ammo qiziq tomoni Jiayu G3 HTC One'dan oldinroq chiqqan. Kim ko'chirmachi? :)


Nihoyat UZTE Grand X

Grand X
Narxi: 625 000 so'm ~ 223 у.е. (Охренели бля!)
Operatsion tizimi: Android 4.0
Protsessor: ICE8065T-R, 1Ghz, 2yadro
Tezkor xotira: 512 Mb
Ichki xotira: 4Gb
Xotira kartasi qo'yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 5 Mp
Akkumulyator: Li-lon, 1650 mAh
Displey: 4.3"
Uzr, ushbu smartfonga ta'rif bera olmayman. Qisqasi 223 у.е. ga Xitoydan qanaqa smartfon buyurtma qilish mumkinligini ko'rib qo'ying :)

IOCEAN X7 Youth

IOCEAN X7
Narxi: 220 у.е.
Operatsion tizim: Android 4.2
Protsessor: Mediatek MTK6589, 1.2GHz, 4yadro
Tezkor xotira: 1 Gb
Ichki xotira: 4Gb
Xotira kartasi qo'yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 8 Mp
Akkumulyator: Li-lon, 2000 mAh
Display: 5", IPS-matritsa, 1920x1080
Kattaligi: 142x69x11mm
Afzalligi: 5 dyumli IPS matritsaga ega Full HD smartfon har bir hipsterning orzusi!
IOCEAN X7 tashqi ko'rinishidan Sony Xperia Zni eslatib yuboradi. Yaqin orada X7 haqida batafsil maqola tayyorlayman. O'ylashimcha 3oydan beri ishlatib yurgan o'yinchoq haqida endi maqola yozish vaqti keldi ;)

E'tiboringiz uchun rahmat!

6 комментариев

mageUz
Yakuniy natija sifatida qiyosiy parametrlarni jadval asosida ko'rsatib bersangiz bundan ham chiroyli ish bo'lar edi. Ajoib maqola uchun rahmat.
0
Walker
Tekst-redaktorda jadval yasash imkoniyati yo'g'akan.
0
Vistaman
Maqola uchun rahmat, manga Jiayu G3 smartfoni yoqdi. Xitoydan bu telefonlarni buyurtma qilganlar va ishlatib ko'rganlar saytda bormi? Bo'lsa Xitoydan sotib olish tartibini, bojxona, pochta muammolari bormi shularni yozib qoldiringlar, iltimos.
0
Walker
Jiayu G3T smartfonni tanishim buyurtma qilgandi, 2hafta ichida kelib qolsa kerak.
Smartfonni 1-2 kun ishlatib ko'rib, opennet.uz'da batafsil maqola qilib chiqaraman.
0
Durdona
eski telefonizzi sotdizmi, programmist? manga yoqardi)
0
Virus
Motorola smartfon olmang. Nexus yoki samsung oling.
0