Xbox One qurilamarida birinchi kundan texnik nosozlik kelib chiqdi

Microsoftning yangi o’yin konsoli, Xbox One, sotuvga chiqarilgandan so’ng 24 soat ichida 13 da davlatda jami bir milliondan ortiqroq miqdorda sotildi. Ko’plab odamlar do’konlar tashqarisida tuni bilan qurilmani sotib olish uchun navbatga turib kutishdi. Kompaniya boshqaruvchilarining aytishicha bu konsol judayam qiziqarli mahsulot bo’lib, ular ishlab chiqarganlari ichida eng yaxshisidir. “Xbox One ni sotib olish uchun turgan minglab xursand muxlislar va ularning o’yinga muhabbatini ko’rish, Xbox jamoasidagi har bir insonga unitilmaydigan ondir.”-deydi Microsoft matbuot kotibi Yusuf Mehdi. “Biz Xbox One konsolidan yanada ko’proq chiqarish uchun qattiq mehnat qilyapmiz” — qo’shimcha qildi u.
Ko’plab Xbox One xaridorlari mahsulotni sotib olgandan so’ng hafsalalari pir bo’ldi. Ular qurilmani yoqib “update”ni yuklaganlaridan so’ng xatolik haqida xabar ekranga chiqa boshladi. Bu “update” mashinani “Brick(g’isht)” deb atashlariga sabab bo’ldi. “Brick (g’isht)” terminini foydasiz bo’lib qolgan narsaga nisbatan ham ishlatiladi. Microsoft Britaniyaning Sky News kanaliga foydalanuvchilar nima qilish kerakligi haqida tushuntirdi. “Agar foydalanuvchi mashinada 10 minutdan ortiq “qotib qolish”ga duch kelsa, u holda ular Xbox mijozlar qo’llab-quvvatlash markaziga bog’lanishlari kerak va biz ularga muammoni bartaraf etish uchun yordam beramiz.” Microsoft muammoni tezroq barataf qilish kerak, chunki uning eng asosiy raqibi Sony yangi PlayStation-4 modelini sotuvga chiqargan. Yangi model Xbox Onedan $80 ga arzon bo’lib, kompyuter o’yinchilari bu mashinani “toza o’yin mashinasi” deb atashmoqda.
Eslatib o'tamiz, Microsoft Xbox One o'yin konsolini birinchi marta 2013-yil 23-mayda e'lon qilgan, va Xbox 360 ning davomchisi bo'lib, bu mashina Xbox oilasidagi uchinchi konsoldir. Qurilma 23-noyabr kuni sotuvga chiqarildi va boshlang'ich narxi $499 deb belgilandi. Qurilma 500 GB ichki qattiq disk, 1.75 GHz AMD 8 core APU protsessor, 8GB RAM, 853 MHz AMD Radeon Video karta, bilan ta'minlangan va Blu-ray, CD-DVD o'qish imkoniga ega.
Нет комментариев