VirtualBoxda Android 4.1 OSni ko'taramiz + [Bonus]

Salom. Ushbu maqolamda Android SDKsiz oddiy x86li PC da Android 4.1 operatsion tizimini o'rnatishni yoritib bermoqchiman. VirtualBoxda Android uchun virtual mashina ko'tarib, qadamma qadam kerakli sozlashlarni qarab o'tamiz. Maqola yakunida esa sizni kichkina sovg'a kutadi ^_^




Bizga quyidagilar kerak bo'ladi:
  • Oracle VirtualBox, 4 va undan yuqori versiyasi;
  • Ushbu (UzDC, MyFolder.Uz) Androidning x86 platformasiga porti (aynan shu versiyasi; 200mb atrofida);
  • Androidni o'rnatish uchun kompyuteringizda tahminan 8Gb + 5.5Gb + 512Mb = 14Gb doimiy xotirada joy;
  • Androidning o'ziga 1Gb operativ xotira ajratiladi, shuning uchun tizimingizda 2Gb operativ xotiradan kam bo'lmasligi kerak.

Birinchi navbatda biz VirtualBoxni o'rnatamiz. VirtualBoxni o'rnatish qiyinchiliklarni tug'dirmasa kerak deb o'ylayman, shuning uchun bu qadamda to'xtalib o'tmaymiz.
VirtualBoxni o'rnatib bo'lganimizdan so'ng androidning porti faylini ochamiz.

Eslatma: Androidning aynan androVM_vbox86tp_4.1.1_r6.1-20130222-gapps-houdini-flash versiyasini yuklab olish maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki Androidning x86 toza portida ARM platformasi uchun yozilgan dasturlar ishlamaydi. Bu versiyada esa ARM uchun yozilgan dasturlar ishlashi uchun barcha kutubxonalar oldindan o'rnatilgan (Houdini)



Faylni ochganimizdan so'ng VirtualBox yuklanib "Мастер импорта конфигураций" oynasi ochiladi:



Bu oynada Androidni o'rnatish uchun sozlanmalar o'zgartiriladi.

  1. "Имя" degan punkda VirtualBox menyusida ko'rsatiladigan virtual mashinaning nomi kiritiladi. Shaxsan men uni "Androidcha" deb nomlab qo'yaman.
  2. "IDE-контроллер жесткого диска" punktida yangi operatsion tizim uchun virtual hard disklar qayerda saqlanishini ko'rsatib o'tamiz:
  3. MAC-adreslarimiz ehtimolan band MAC-adreslarga to'g'ri kelib qolmasligi uchun "Сгенерировать новые MAC адреса для всех сетевых адаптеров" puntktini belgilab olamiz:

Bu yuklanmalarni sozlab bo'lgach "Импорт" tugmasiga bosamiz, va shundan so'ng yangi virtual mashina import operatsiyasi boshlanadi:



Import xatolarsiz tugagach VirtualBoxning virtual mashinalarni tanlash oynasi ochiladi, va ko'rib turganimizdek, bizning «Androidcha»miz ham shular safida ^_^:



Androidchamizni yuklaymiz…



Androidimiz yuklanganidan so'ng, sizdan uni ishlatish uchun sozlash qadamlari boshlanadi (Google Account sozlamalari, interfeys tilini tanlash va hokazo). Bu qadamlarda to'xtalib o'tmayman.



Boshlang'ich sozlanmalardan so'ng Androidning ish stoli yuklanib, ishlatish uchun sizga havola bo'ladi (shunday deb yozsam xato bo'lmas) :D

Eslatma: Oldindan aytib o'taman, bu portda 3D funksiyalar (OpenGl) to'liq ishlamaydi. Shu sababli Gallery 3D da rasmlarni ko'rib chiqish ancha qiyinchiliklarni tug'diradi (Gallery 2D ga o'zgartirib, balkim, bu muammoni hal qilish mumkin). Bundan tashqari kamera, telefoniya ham ishlamaydi.



Ko'rib turganingizdek hozirgi ko'rinishda "StatusBar" mavjud emas. Buni to'g'rilash uchun Android dasturlar menyusiga kiramiz, va ochilgan menyudan "androVM Configuration" dasturini ochamiz:



"androVM Configuration" dasturidagi "Force StatusBar" punktini yoqib qo'yib, "Save" tugmasini bosgan holda Androidni qayta yuklaymiz:





Eslatma: «androVM Configuration» dasturida Keyboard va StatusBardan tashqari boshqa punktlarni sozlash tavsiya etilmaydi (operatsion tizim yuklanmay qolishi ehtimoli bor)

Androidimiz qayta yuklanganidan so'ng biz sevimli StatusBarimizni ko'ramiz ^_^



Yangi o'rnatilgan Androidchada deyarli dasturlar yo'q, lekin yomon bo'lmagan fayl menedjer bor:



Agar kompyuteringiz internetga ulangan bo'lsa, VirtualBox avtomatik tarzda Androidga internetingizdan foydalanishga imkon beradi (NAT orqali).
Ammo siz Androidga lokal fayllaringizdan foydalanishga ruxsat bermoqchi bo'lsangiz, unda VirtualBox orqali Androidga umumiy kataloglarni ulatishingiz kerak bo'ladi. Buning uchun avval Android virtual mashinasini o'chirasiz. So'ng VirtualBoxni ochib, «Androidcha»ning «Свойства»siga kirasiz. Ochilgan oynanig chap tomon menyusidan «Общие папки» punktini tanlaysiz. Yangi papka qo'shishi uchun belgilangan tugmaga bosasiz:



«Добавить общую папку» oynasi ochilib, «Путь к папке» orqal siz kompyuterizdagi papkangizni tanlaysiz («Другой» menyusi):



«Имя папки» punkti Androidda ushbu papka qanday nomlanishini belgilash mumkin. «Авто-подключение» punktini belgilash esingizdan chiqmasin, aks holda umumiy papka Androidda avtomatik tarzda yuklanmaydi:




Sozlanmalarni saqlab, Androidchani yuklaymiz…

Androidchamiz yuklanib bo'lganidan so'ng «Astro» fayl menedjerini ochamiz. Umumiy papkamizga (umumiy papkalar mnt/shared/ katalogida joylashgan) o'tish uchun chap tomondagi «Вверх» tugmasini bosamiz (bir katalog yuqoriga chiqish uchun):



Yangi kataloglar ro'yxatidan «shared» katalogini ochamiz:



Ko'rib turganingizdek biz oldindan ulab qo'ygan umumiy katalogimiz shu yerda. Uni ochib katalog ichidagi fayllarni ko'rishimiz mumkin:




Maqolaning asosiy qismi tugadi :)




Va nihoyat siz kutgan BONUS!!! :D :D :D




HA! HA! Adashmadingiz, bu «komp» uchun WhatsApp va Viber!!!
(Telegram ham bor edi, faqat ishdagi kompyuterimda ;)

WhatsApp
Viber

Hammasini «PlayStore»dan ko'chirib olib o'rnatishingiz mumkin. Men esa oldindan WhatsApp (Viber, Telegram) ".apk"
fayllarni kompyuterimga ko'chirib olib, uni yuqorida ko'rsatib o'tganimdek umumiy papka ulash orqali Androidga ko'chirdim:



WhatsAppni tanlab, uni o'rnatamiz:




WhatsAppni o'rnatib, uni yuklaymiz:



«Предупреждение»yalarga qaramay uni o'rnatishda davom etamiz…



WhatsAppga aktivatsiya qilinmagan telefon raqamimizni kiritamiz (shu raqamli telefonimiz yoqiq bo'lishi kerak) va «OK» tugmasini bosamiz.
Telefonimizga WhatsAppdan aktivatsiya raqamli SMS keladi.

Androiddagi WhatsAppimiz SMS kutishini biz ham (5 minut atrofida) ohirgacha kutamiz. SMS kelmasligidan hafa bo'lib, WhatsApp bizga telefon qilmoqchi bo'ladi. Lekin bizga telefon qilishi keragi yo'q. Shundan so'ng aktivatsiya raqamlarini kiritish uchun tekstboks ochiladi. Aktivatsiya raqamini kiriting va BAXTLI BO'LING!!!
(Viber va Telegramni aktivatsiyalash ham shu tarzda kechadi)

9 комментариев

shranet
Yaqin shu narsa kerak bo'lib BlueStack nomli dasturni topgandim. Ayrim muammolarga sabab bo'lib o'chirib tashagandim (Update qigandan internet trafigimni yeb qo'ygan). Endi buni ko'raman.
0
Epikur
Men boshida BlueStackga duch kelgandim… Shuncha trafigimni yeb bari bir ishlamadi :( Trafik borasida kelsak, .ova fayli 200mb atrofida
0
fara204
bluestaks nima uchun ishlamadi aniqroq yoz man undan foydalaman yahshi ishlaydi gap yoq yasagan APK fayllarimni test qilaman BlueStacksda… Yahsi sayt ekan mobil programmalar haqida koproq mavzular yozinglar obsujdat qilamiz kim qanaqa androidda yoki IOS da proga yasagan… fhfarruh@gmail.com
0
jamic
Android developperlar uchun aynan yaxshi, simulyatsiyada nach tez ishlaydi…
0
mrazamat
Ko'p resurs ketar ekan, 14Gb hdd, 1gb oZu
0
erkinbek
shu .ova faylni tas-iks zonaga chiqarilsa bumaydimi? kim yuklab olgan bulsa iltimosda
0
Anvar
Lniklar ishlamaypti, iltimos, yangilab qo'yinglar :)
0