Ekstremal sayohatlar uchun smartfon: Discovery V5


Avvalo bir narsani kelishib olaylik: Xitoy mobil telefonlari deganda TVga ega, xitoycha yozuvli yoki rus tiliga noto'g'ri tarjima qilingan operatsion tizim o'rnatilgan apparat haqidagi tasavvurlar endi tarixda qoldi. Endilikda Xitoyda dunyo brendlari bilan raqobatlasha oluvchi flagman hamda budjet smartfonlar ishlab chiqarilmoqda. Shunday ekan, tasavvurni o'zgartirish vaqti keldi :)
Ushbu maqolada Chin o'lkasi vakili bo'lgan budjet smartfonni tanishtiramiz.

Sony Xperia Z smartfoni haqida eshitganmisiz? Suv, chang kirmaydigan korpus hamda qirilmaydigan ekran bilan maqtana oladigan apparat. Xitoyliklar ham o'z uslubida ya'ni arzon narxda chang va suv kirmaydigan, tushsa sinmaydigan (hali sinalmadi) apparat chiqarishgan: Land Rover Discovery V5. Ekstremal sayohatlar vaqtida Xperia Zdan ko'ra Discovery V5 ko'proq yordam berishi aniq, sababi qimmat smartfonni hamma ham sinovdan o'tkazishni xush ko'rmaydi.

Discovery V5


Protsessor: MTK6515 1GHz, ARMv7, 1.0
Operativ xotira: 256Mb
Xotira: 4Gb (32Gb'gacha microSD fleshka qo'yish mumkin)
Displey: 3.5', 480x320, Gorilla Glass, TFT matritsa.
Kamera: 5M
OS: Android 4.0
Batareya: 1800 mAh
O'lchami: 122x67x13 mm
Og'irligi: 140gr.
Aloqa: 2G/Wifi/Bluetooth
Sim-karta sloti: 2ta
Narxi: 80 y.e.

Smartfon qalin kartonli quti ichida keldi. Bu o'z-o'zidan tushunarli albatta, Xitoydan manzilga yetib borish jarayonida pochta xizmatlarining har xil «syurpriz»laridan eson-omon o'tib olish kerak bo'ladi. Komplekt ichida telefonning o'zi, 2ta batareyka, zaryadka, usb-shnur, naushnik, kichkina kompasga ega ilmoqli shnur bor.




Smartfonda ikki yadroli Mediatek MTK6515 o'rnatilgan. Operativ xotira 256Mb (Android 4.0 uchun — WTF?), ichki xotira sig'imi 4Gb. Undan 2Gb foydalanuvchi uchun ajratilgan bo'ladi. Kamera 5Mp. Ekran 3.5 dyum, TFT-matritsali 480x320 Gorilla Glass (!) displey. Ekran yorqin emas. Batareyka sig'imi 1800mAh, komplektda 2ta batareyka keladi.
Hayron qoldirgan jihati — apparatda 3G yo'q, Lekin Wifi bor. Shu tomondan biroz mantiqsiz bo'lib qolgan.
Qurilma zarbaga qarshi maxsus qoplama bilan qoplangan. Dastlab rasmdan ko'rganimda rezinali qoplama deb o'ylagandim, ammo qoplama — qalin plastmassa ekan. Qiziq, smartfon asfalt/betonga ekrani bilan tushganda qoplama nima qilib bera olarkan? Sinab ko'rishning imkoni bo'lmadi))

Umuman Discovery V5 nima maqsadda ishlatilishi ko'rinib turipti. Uzoq muddatli tabiat qo'yniga sayohat vaqtida telefon qo'ng'iroqlari va smsga javob berishga mo'ljallangan. Internet-serfing yoki o'yin o'ynashga operativ xotiraning kamligi yo'l qo'ymaydi.

Operatsion tizim haqida ortiqcha gapirishning hojati yo'q: Android 4.0 qo'shimcha o'zgarishlarsiz o'rnatilgan.

Afzalliklari: Gorilla Glass ekran, Wi-Fi, Play Market
Kamchiliklari: GPS yo'q; ekran yorqin emas, 3G yo'q.

UPD: Telefon egasi 1 oy foydalanib, keyin o'zining narxiga «Fleshka» savdo majmuasidagi telefonshiklarga sotib yubordi. Sabab — 3G yo'qligi uchun.

5 комментариев

shranet
Manimcha 3g modul Wi-Fi nikidan qimmat tursa kerak.
0
Epikur
3G… Tabiatda 3G bormi? :-O Menimcha shuning uchun kiritilmagan.
Operativ xotira: 256mb >>> Android 4.0 o_O O______O
0
kholmirzaev
Bizni hsaroitga mos ))) tel. Ln gap yo'q. Xitoyni narsasi unday bunday deymizu lekin men uch yil oldin LG KP 500 ni olgandim asl xitoy. Hosirham miq etmasdan ishlaydi. Batareykasi sal sust bo'lib qoldi.
0
zorro85
Manda xam bor edi FLESHKA....)))))))))))))
0
Vistaman
Tan olish kerak, Xitoy bizda o'zining sifatsiz mahsulotlari bilan nom qoldirgan. Misol uchun USAda Made in China degan etiketkali mahsulotga bizdagidek past nazar bilan qarashmasa kerak.Lekin hozirgi kunda gadgetlarning asosiy qismi Xitoyda ishlab chiqariladi va ularning orasida sifatlilari ham ko'p. Ozimda Huawei Honor2 smarti bor, ozining narxiga mos sifati va ishlashi ham. Mavzudagi smartga keladigan bolsak, bu telefon quruvchi, alpinist va boshqa ekstremal sharoitda ishlaydiganlar uchun ayni kerak narsa. Agar shu narxda bizda sotilsa olib qoyar edim, asosiy tel qilib :) Kamchiligi operativ xotira, boshqa jihatdan zo'r.
0