Tajribasiz dasturchi. Kompaniyalar uchun u kerakmi?


Dasturlash sohasida boshlang'ich dasturchidan professional darajasiga yetish orasida shunday vaqt borki, dasturlashni o'rganayotgan va endi o'rganganlar o'sha vaqtda sinalishadi va afsuski ularning ko'pchiligi sinovdan o'ta olmay ajoyib sohani ancha erta tark etishadi. Bu malaka va tajriba orttirish vaqtidir.


Tajribasiz dasturchi

Dasturlash kurslarini o'tib bo'lgach, o'quvchi shunchaki dasturlashning asosiy tushunchalariga ega bo'ladi. Ammo dastur yaratishga kelganda qay tartibda yasash, nimalarni e'tiborga olish kerakligini bilmaydi. Masalan o'quv kurslarida qay tartibda sayt yaratish haqida yo'l-yo'riq ko'rsatilmaydi yoki Popov video kursini tugatgach yasaladigan html-php kod aralash sayt hozirgi standartlarga to'g'ri kelmaydi. Xo'sh, keyingi bosqich — o'quv kursini endi tugatgan bo'lajak dasturchi uchun qanday bo'lishi kerak?
O'quvchi uchun qanchalik achchiq bo'lmasin (pul to'lab 3 oy o'qidiku ahir :)), keyingi bosqichda CMS yoki Framework'lardan birini o'rganish kerak bo'ladi. Endi dasturlashni kimdir o'rgatishi ortiqcha, ORTIQCHA! Tajribali dasturchining ko'magi biror xatoni o'rganib, tahlil qilib, bartaraf etmasdan shunchaki xatoni to'g'rilab ketadi xolos. Xatolar esa bizning dushmanimiz emas, ayniqsa o'quv jarayonida! Buyog'iga endi Gugl amakining yordamidan boshqasiga umid qilmaslik kerak.
CMS yoki Frameworkdan tushunchaga ega bo'lgandan so'ng, o'rtacha qiyinlikdagi saytLAR yaratib ko'rish dastlabki tajribani olib keladi. Pul topishga hali bor, lekin oz qoldi.

Ishlash uchun tajriba kerak, tajriba uchun ishlash.
Albatta tajribani ishlamay turib topib bo'lmaydi. CMS/Frameworklardan so'ng biror dasturlash bilan shug'ullanuvchi firmaga malaka oshirishga ya'ni stajirovkaga ishga kirish orqali tajriba orttirish mumkin. Ha, vaqtinchalik tekinga ishlash. Qo'rqishga asos yo'q, ular stajerni itdek ishlatishmaydi. 3 oydan 6 oygacha stajirovka vaqtida firmada tekinga bo'lsa ham dasturlar yaratish orqali tajriba oshirish mumkin. Stajirovkadan so'ng firmada ishga joylasha olmagan holatda siqilib o'tirmasdan internetdan vakansiyalarni yana bir bor qarab chiqish zarar qilmaydi: endi yangi joyga «lamer» bo'lib emas, tajribasi bor dasturchi bo'lib borish mumin.
Muhimi tushkunlikka tushmasdan yo'lda davom etish kerak. Hammasi insonning o'ziga bog'liq.

Kompaniyalarga tajribasiz dasturchi kerakmi?

Har bir kompaniya o'z holatidan kelib chiqib tajribasiz dasturchini qabul qilish-qilmasligi mumkin. Agar kompaniyada malakali hodimlar soni ko'p bo'lsa, tajribasiz dasturchilarni stajirovkaga qabul qilib ularga kichik vazifalar berish orqali ishga o'rgatsa bo'ladi. Malakali hodimlarning ko'pligi tajribasizlar «qovun tushirgan» vaqtda, yo'qotishlarni minimallashtirib beradi. Ammo hozirgi kunda respublikada malakali dasturchilar yetishmovchiligi tufayli ba'zi firmalar tajribasiz dasturchini bo'lsa ham olishga majbur bo'ladi. Kichik firmalarda tajribasiz dasturchilar tomonidan chiqarilgan dastur firma biznesini xatarga qo'yishi mumkin. Shuning uchun stajerlarga vazifa bergach ish jarayonida doimiy e'tibor berib xatolarni o'z vaqtida tuzatib turish zarur bo'ladi.
So'z o'rnida, Brand.uz ajoyib ishga qo'l urdi. Kompaniya PHP/HTMLda asosiy tushunchaga ega bo'lganlarni 1 yil davomida o'qitiladigan bepul dasturlash kurslariga qabul qilmoqda. Katta ehtimol bilan kurs ishtirokchilari bilan tuziladigan shartnomada ma'lum muddat ishlab berish ko'rsatilgan bo'lsa kerak. Bu kompaniya kelajagini o'ylash yo'lida amalga oshirilgan ish.

"Bola ishlab topgan haqini so'rayapti, boyota"

Ko'p eshitganman, "Bizda ish o'rganib tajribasi oshganidan so'ng, boshqa joyga ishga ketib qoldi" deyishadi. Avvalambor, yaxshi taklif bilan chiqqan boshqa firmaga ketib qolgani uchun dasturchi aybdor emas. Hamma yaxshiroq joyda ishlashni xohlaydi. Stajirovka vaqtida ish o'rgatish bilan kompaniya birinchi navbatda yaxshilikni dasturchiga emas, o'zi uchun qilayotgan bo'ladi. Agar stajer firmaga foyda keltirishni boshlasa, darhol bonus va/yoki mukofot pullari bilan rag'batlantirib borish zarur. Farqi yo'q, uning ish o'rganishni qachon boshlagani. Kecha kelib bugun foydasi tegyaptimi — darhol rag'batlantirish. Ko'pgina firmalar mana shu vaziyatda xatoga yo'l qo'yishadi va «tarbiyalagan» dasturchisini qo'ldan chiqaradi. Stajirovkadan so'ng dasturchi ishga qabul qilingach, oylik maoshni to'g'ri belgilash kerak bo'ladi. Dasturchining oylik maoshi — bilimining qiymati bilan tengdir. Dasturchining tajribasi va bilimi oshib borgan sari oylik ham ko'tarilib boradi.

Dasturchilarni ushlab turishning yagona yo'li — ularda kompaniyaga bo'lgan minnatdorchilik hissini ushlab turishdir. Buyog'i endi tajribali dasturchilar haqida.

Omon bo'ling!

7 комментариев

shranet
100% qo'shilaman. Bizda kam oylik ko'p ish usuliga o'tishgandi. Hozir ikkalasi sal balansga kelib qoldi.
1
geniuz
umuman olganda 3-6 oy tekinga ishlatish xam notogri, tajribasiz bulgani bilan qobiliyati bormi demak uni xech bulmasa arzimagan yul puli bilan ta'minlash kerak!
0
Walker
3-6 oy — majburiy stajirovka vaqti emas. Stajirovka bir oy ham bo'lishi mumkin. Stajer foyda keltirishi bilan moddiy rag'batlantirish albatta bo'lishi kerak, ammo buni firma hal qiladi.
0
mageUz
Firma baquvvat bo'lsa albatta stajerga kundalik xarajatlarida yordam berishi yaxshi shu bilan birga u qancha muddat ichida birinchi natijasini bera oladi shunga ham bogliq.
0
jamic
Bu maqolani uqigan ma`lakali dasturchilarimiz uzini bosib utgan yullari kuz oldilaridan utib 'tekin' ga ishlayotgan paytlari hech pul haqida uylamagan bulissa kere ))
0
TITAN-UZ
Tekinam ishlab turish kere!
0
mrazamat
Mening fikrimcha resurslar bo'lsa tekinga ham ishlash mumkin.
0