Mysql parolini Ubuntuda tiklash (rootni parolini)

Maqola fraganux tomonidan yozilgan.
Ubuntu da LAMP o'rnatib ishlamoqchi bo'ldim. Lekin orada bir necha kun o'tdi va myqsl paroli esimdan chiqib qoldi.

Parolni yangilashni internetdan topdim va ubuntuga moslab oldim.
Demak — yangilash uchun quydagi amallarni root terminalida bajarish kerak:

1. mysql xizmatini to'xtatamiz
service mysql stop


2. mysql serverini maxsus usulda ishga tushiramiz
/usr/bin/mysqld_safe --skip-grant-tables --user=root &


3. mysql kliyentini ishga tushiramiz
mysql -u root


4. Maxsus so'rovni bajaramiz:
UPDATE mysql.user SET Password=PASSWORD('newpwd') WHERE User='root';
- newpwd yangi parol


5. O'zgartirishlarni saqlaymiz
FLUSH PRIVILEGES;


6. mysql dan chiqamiz
exit;


7. mysql xizmatini ishga tushiramiz
service mysql start


Tayyor, mysqlni paroli o'zgardi!

Eski OpenNet.Uz saytidan.

Нет комментариев