Proxy server (squid) va autentifikatsiya

Proxy server (squid) o’rnatish va sozlash.

O’rnatish uchun (fedorada) quyidagi buyruq beriladi:
sudo yum install squid

debianda:
sudo apt-get install squid


Ishga tushurish uchun
service squid start

Sozlash uchun /etc/squid/squid.conf faylini tahrirlash kerak. Buning uchun:
vim /etc/squid/squid.conf

buyrug’ini beramiz va http_port direktivasi mavjudligini tekshiramiz uning quymati 3128 bo’ladi, yani proxy server 3128 portni tinglaydi.
Keyin tarmoq orqali ko’rinish uchun http_access deny all direktivasini topamiz, agar izoh bo’lib turgan bo’lsa yani # belgisidan keyin yozilgan bo’lsa # belgisini olib tashlaymiz va http_access allow all ga o’zgartiramiz.
sudo /etc/init.d/squid restart

va tekshirib ko’ramiz.

Autentifikatsiyani sozlash uchun
vim /etc/squid/squid.conf

va auth_param direktivasini quyidagicha qo’shamiz:
auth_param basic program /usr/lib/squid/ncsa_auth /etc/squid/passwd

htpasswd orqali yangi foydalanuvchi yaratish uchun quyidagicha buyruq beriladi va parol kiritiladi (–c parametric yangi yaratilayotgandagina yoziladi):
[geniuz@fedora /]# htpasswd –c /etc/squid/passwd tum
New password:
Re-type new password:
Adding password for user geniuz

auth_param basic program /usr/lib/squid/ncsa_auth /etc/squid/passwd

dan keyin:
auth_param basic children 5
auth_param basic realm Squid proxy-caching web server
auth_param basic credentialsttl 2 hours
auth_param basic casesensitive off

yozib qo’yamiz.

Va nihoyat
sudo /etc/init.d/squid restart


Eski OpenNet.Uz saytidan.

5 комментариев

mrazamat
Squidda statistika, foydalanuvchilarni qo'shish uchun nima qilish kerak qanaqa dasturlar ishlatiladi, Masalan institutda squid orqali internetni tarqatish uchun server qo'yiladi va unga ikkita set ulanadi. Bu server orqali boshqalarga internet olishi kerak. proxy serverni ko'tarish kerak, unda web interface qanday qilinadi shularga biron bir maqola yozolmaysizmi?
0
shranet
Squid statistikasini olish uchun SARG dasturi ishlatiladi. Foydalanuvchi qo'shish maqolada ko'rsatilgan. Umuman olgandan siz so'rayotgan narsa ushbu maqolada mavjud. Keyin iloji bo'lsa nimadir haqida kerak bo'lsa tepedagi «buyurtmalar» bo'limidan foydalaning.
0
mrazamat
web interfeys webadmin bog'lash mumkinmi?
0
geniuz
webmin orqali boshqarish imkonlariyam bor.
0
mrazamat
Men aytmoqchimanki hammasi batafsil yoritilsa. Hozir bu maqolada squidni eng asosiy joylarigina yoritilgan
0