Amazon.com dron xizmatini testdan o'tkazmoqda

Amazon internet magazini hozirda posilkalarni yetkazib berishning Prime Air deb nomlangan yangi usulini sinovdan o’tkazmoqda. Endi ular maxsulotni xaridorlarga buyurtma berganidan so’ng yarim soat ichida yetkazib beradi. Amazon general direktori Jeff Bezos Amerika TV “60 daqiqa” dasturida bu haqida gapirib o’tdi. “Bu ilmiy fantastikaga o’xshaydi, lekin aslida bu haqiqatdir. Biz rostan ham og’irligi 5 funtga(2.3 kg atrofida) teng posilkani yarim soat ichida yetkazib bera olamiz va bu o’girlik yetkazib beriladigan mahsulotlarimizning 86% tashkil etadi” – dedi mister Bezos.
Amazon posilkalarni yetkazish uchun dronlardan foydalaniladi. Dronlar bu – o’yinchoq kabi kichik, masofadan boshqariladigan vertolyotlar bo’lib, “oktokopter” deb ataladi. “Bu posilkalarni mashinada aylanib yurib tashishdan ancha yaxshi. Hozirda qurilma mamlakatning uchish havfsizligi standartlariga moslashtirilyapdi.”-deydi Bezos. Amazon ushbu qurilmani ishga tushirishi uchun AQSH Federal Aviyatsiya Boshqarmasidan ruxsat olishi kerak bo'ladi.
Video:
4 комментария