Kirish. Android dasturlash!

Xayrli kun!
Ushbu blogda anchagina Android dasturlashga doir maqolalar qo’shilgan ekan. Men ham bu blogga o’zim o’rganib kelayotgan Android dasturlashga oid bilimlarimni yozmoqchiman. Albatda bu maqolalarim boshlovchilar uchun! Ish bor joyda kamchilik bo’ladi albatda va mening maqolamda ham kamchiliklar bo’lsa mulohazalarda qoldirishingiz mumkin.
Biron nimani bunyod qilish uchun u haqida to’liq bilimga ega bo’lishingiz kerakdir. Bu hammamizga ma’lum. Men biron yangi texnologiyani o’rganishni boshlasam u haqida birinchi wikipediadan ma’lumot olaman. Wikipediadan ba’zi foydaliy ma’lumotlarni taqdim etmoqchiman.
Android Operatsion sistemasi – Komunikatorlar, planshetlar, electron kitoblar, raqamli playerlar, qo’l soatlar, netbooklar va boshqalar uchun ishlab chiqarilgan. Anroid OS Linux asosida qurulgan va java tilida bunyod etilgan. Boshida Android Inc kompaniyasi loyihalashtirgan va keyinchalik uni Google sotib olgan.
Google Android Logotipi:

Nexus 4 smartfonining ish stoli, ОS Android 4.2 Jelly Bean.


  • 2013 yil hisobi bo'yicha 81,3 foiz smartfonlarda Android OS o'rnatilgan.
  • ilk versiyasi 2008 yil 23 setyabrda ishlab chiqilgan.

  • 2008 -yildayoq Android SDK 1.0 versiyasini dasturchilar uchun ham ishlab chiqdi.
  • Androidning oxirgi yangilanish versiyasi 2013 yilning 9 dekabrda 4.4.2 versiyasi ishlab chiqildi va unga KitKat deb nom berildi.
  • Ilova menjerlari PlayMarket va Yandex.store.
  • Android Rasmiy sayti android.com va ochiq kodli operatsion tizim hisoblanadi OPEN SOURCE
  • 2008 yilda 22 oktabrda play market rasmiy magazini ishga tushgan
  • PlayMarketda ilk bor Sony Ericsson kompaniyasi o'zining online dasturlar kanalini ishlab chiqdi.
  • Android Play Market 190 ta mamlakatda ishlaydi.
  • ANDROID Play marketda 700 000 ta dasturlar va soatiga 25 mlrd dasturlar yuklab olinadi.
  • Android 1.5 «Cupcake» deb nomlangan.
  • Android 1.6 «Donut» deb nomlangan.
  • Android 2.0 «Eclair» deb nomlangan.
  • Android 2.3 «Gingerbread» deb nomlangan.
  • Android 2.2 2010 yilda ishlab chiqilgan bo'lib «Froyo» deb nomlangan.
  • Android Android 3.0 «Honeycomb» deb nomlangan va 2011 yilga to'g'ri keladi.
  • Android Android 4.0 «Ice Cream Sandwich» deb nomlangan.
  • Android Android 4.1 «Jelly Bean» deb nom olgan.
  • Android Ilk qurulmasini HTC kampaniyasi ishlab chiqqan. Hozirda ushbu kampaniyaning HTC ONE android os telefoni gigantdir
  • Android ilk HTC QURULMASI HTC DREAM dir.
  • Android IDE larga keladigan bo'lsak Eclipse, Intellij IDEA, JetBrains, Embarcadero RAD Studio — XE5.
  • Android interface 85 tilni o’z ichiga olgan.
2- dars. Eclipse va SDK toolsni o’rnatish !

2 комментария

bahriddin
Maqolaning mantiqiy davomi bo'lgan 2-qismni eng pastiga link qilib bersangiz yaxshi bo'lardi
0
DasturchiUZ
xa albatda raxmat! xoziroq bu ishni amalga oshiraman!
1