3-dars. Android Virtual Device (AVD). Hello world!

Hammaga salom! Bugungi darsimizda Android Virtual Device (AVD) ya’ni Android virtual qurulmasini hosil qilish va ilk dasturimizni test qilib ko’rish haqida o’rganamiz. Agar siz 2-darsimizdan muvoffaqiyatli o’rgan bo’lsangiz ushbu darsimizda hech qanday tushunmovchiliklarga duch kelmaysiz.
Demak boshladik!
Sevimliy Eclipse IDE mizni ishga tushuramiz va quydagi menuuga o’tamiz Windows > AVD Manager


Va quydagicha oyna hosil bo’ladi.

New tugmasini bosamiz.

Yuqoridagi rasmda qizil qalam bilan chizilgan bo’limlarni to’ldiramiz. Men yuqoridagini to’ldirganman. Keling batafsil tanishamiz.
AVD Name: – bu sizning yaratiayotgan Android virtual qururulmangizning nomi.
Devace: – Bu qurulma ya’ni ekran hajmini ko’rsatasiz.
Target: – Bu API daraja ya’ni AVD ni qaysi platform uchun yaratishingiz.
CPU/ABI: – Bu image file.
SD-Card: — ni size hususiyatiga 200 mb ni ko’rsatamiz ya’ni bu bizning dasturlarimizni saqlash uchun.

Ko’rib turganingizdag Qurulmalar ro’yxatida biz hosil qilgan qurulma qo’shildi. Start tugmasini bosib qurulmamizni tekshirib ko’ramiz.

Mana hammasi joyida qurulmani yaradik va u ishga tushmoqda.
Endi dasturlash qismimizga o’tamiz. Dasturchilar orasida Hello world ilk dasturini yozish an’ana hisoblanadi va biz ham shu an’anaga sodiq qolamiz.
Eclipseni ishga tushuramiz vaNew Project tugmasini bosamiz yoki File menusidan new project bo’limini bosamiz va bira to’la Android Application Project bo’limini bosib Next tugmasini bosamiz.

Bizda quydagi oyna hosil bo’ldi:

Bu oyna bilan batafsil tanishamiz:
Application Name – bu Bizning dasturimizning nomi!
Project name – Bu esa Loyihamizning nomi.
Package Name – Bu esa loyihamiz uchun maxsus yaratiladigan kutubxoana hisoblanadi. (Android OS masi bir xil nomdagi kutubxonalarni qabul qilmaydi shuning uchun kutubxona nomi unikal bo’lishi keak).
Minimum Required SDK – Minimum API darajasi(Tizimga minumim talab).
Target SDK — Maximum.
Compile with – Aynan shu loyihamizni komplyatsa qilish uchun API darajasi.
Next tugmasini bosamiz .

Yana Next Bu oynada qayarga saqlash, Activity yaratish, Dasturimiz uchun icon hosil qilish kabi.

Next tugmasini bosamiz. Bu oynada siz dasturingizga Icon fileni ko’rsatasiz agar ko’rsatishni hohlamasangiz Default(odatdagi) bo’yicha saqlanib qoladi.

Next tugmasini bosamiz. Bu oynada biz yaratilayotgan Activtyimizni qay ko’rinishda yaratishimiz misol qilib full screen ya’ni ekranni bor hajmida katta hajmda.

Finish-tugmasini bosamiz. Bu oynada Yaratilayotgan Activity va Layout Name ni nomini kiritamiz. Oddiy Agar siz boshqa dasturlash tillarini bilsangiz Activity name bu dasturning code qismi saqlanadigan joyi va Layout nome esa Formaning nomi.

Mana ko’rib turubsiz bizning loyihamiz tayyor bo’ldi. Ekranda TextView component joylashgan va uning text hususiyatida Hello world yozilgan. Dasturning Complyatsa qilib AVD qurulmamizda tekshirib ko’ramiz.CTRL+F11 tugmasini birgalikda bosib Android Applicationni tanlab ok tugmasini bosamiz.

Sizga omad keying darsimizgacha o’zingiz mustaqil tarizda loyiha hosil qilib o’rganing!
Bu maqolam o'zimning blogimda ancha oldin chop etgandim, rasmlardagi blog manzillari o'rnatilganiga aybga buyurmaysiz va buni PR deb tanqid qilmaysiz degan umiddaman!

2- dars. Eclipse va SDK toolsni o’rnatish !

Нет комментариев