Androidda tezkor emulator. Genymotion virtual mashinasidan foydalanish.
Hozirgi kunda ko'pchilik dasturchilar (o'z navbatida qiziquvchan talaba va foydalanuvchilar) Android tizimida loyihalar yaratishmoqda. Ushbu maqolani yozishimdan asosiy maqsad, Android da yaratilgan loyihalarni tezkor kompilyatsiya qilishni o'rgatish bo'lib, bu maqola ko'pchilik foydalanuvchilarga yordam beradi degan umiddaman.
Demak, shuni aytib o'tishimiz mumkinmki, Android da ko'pchilik foydalanuvchilarimiz kompilyatsiyani AVD (Android Virtual Device) emulator orqali amalga oshiradi va bunda natija chiqishini azgina kutish kerak bo'ladi. Ushbu kamchilikni sezilarli darajada bartaraf etish uchun Genymotion virtual mashinadan foydalanishimiz mumkin. Quyida Genymotion ni o'rnatib undan foydalanish ketma-ketligini ko'rib chiqamiz.









Ushbu maqola sizga yordam beradi degan umiddaman.
Demak, shuni aytib o'tishimiz mumkinmki, Android da ko'pchilik foydalanuvchilarimiz kompilyatsiyani AVD (Android Virtual Device) emulator orqali amalga oshiradi va bunda natija chiqishini azgina kutish kerak bo'ladi. Ushbu kamchilikni sezilarli darajada bartaraf etish uchun Genymotion virtual mashinadan foydalanishimiz mumkin. Quyida Genymotion ni o'rnatib undan foydalanish ketma-ketligini ko'rib chiqamiz.
- Genymotion ni bepul talqinini yuklab olamiz. Eslatma: Albatta ushbu saytda ro'yhatdan o'tish kerak bo'ladi
- Genymotion ni o'rnatamiz (bunda Oracle Virtual Machine ham avtomatik tarzda o'rnatiladi)

- Ushbu oynadan «No» ni tanlaymiz va «Settings» menyusidan «ADB» bandiga kompyuteringizga o'rnatilgan Android SDK yo'lini ko'rsatamiz. Misol uchun: d:\data\Android\Install\adt-bundle-windows-x86_64-20131030\sdk\

- Endi ushbu dasturda yangi Virtual Device yaratamiz. Buning uchun Genymotion ning asosiy oynasidan «Add» tugmasi bosiladi va natijada serverga ulanish uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlar (ya'ni saytda ro'yhatdan o'tgan paytdagi Username va Password) kiritiladi va «Connect» tugmasi bosiladi.

- Autentifikatsiya muvoffaqiyatli tugallangandan keyin, quyida rasmda ko'rsatilganidek, Android OT talqini (misol uchun: Android 4.2.2) va Qurilma turi (misol uchun Galaxy S3, Nexus 10 va h.k.) ko'rsatiladi va hosil bo'lgan qurilmalar ro'yhatidan keraklisi tanlanib «Next» tugmasi bosiladi. Bunda joriy holatda kompyuter internet tarmog'iga ulangan bo'lishi lozim bo'ladi. Chunki ushbu dastur on-line tarzda tanlangan qurilmaga mos ma'lumotlarni serverdan ko'chirib oladi.


- Dastur o'rnatilib bo'lgandan keyin «Finish» tugmasi bosiladi. Natijada biz Vertual device ni ishga tushurishimiz mumkin. Buning uchun Genymotion asosiy panelidagi «Play» tugmasidan foydalanamiz.


- O'z navbatida Eclipseda Genymotion virtual qurilmasini ko'rsatib qo'yishimiz lozim bo'ladi. Buning uchun Eclipse da Help -> Install new software ga kiramiz va quyidagi rasmda ko'rsatilgan joyga http: //plugins.genymotion.com/eclipse ssilkani kiritamiz va Eclipse uchun Genymotion plug-in ni o'rnatamiz.

- Va nihoyat Genymotion ni o'rnatdik, kerakli parametrlarini sozladik va o'z navbatida Eclipse dasturini Genymotion Vertual Device bilan bog'ladik. Endi Eclipse orqali yaratilgan loyihalar kompilyatsiya qilinganda Genymotion vertual dasturi orqali tezkor ravishda ishga tushuriladi.

Ushbu maqola sizga yordam beradi degan umiddaman.
6 комментариев