PHP dasturlash, 2 yil davomidagi saboqlarim
Ushbu maqola mening blogimdagi birinchisi bo`lgani sababli urushmaysizlar degan umiddaman :).
Quyidagi maqola men qilgan xatoliklar va ular orqali olgan saboqlarim haqida. Kim uchundir balkim qo`l kelib qolar. Men takrorlagan hatolikni takrorlamasdan uning oson yechimidan foydalanasiz degan umiddaman.
1. Saboq: Hech qachon skriptni kelajagini o`ylamasdan tuzmang!!!
Dasturlash kimningdir qo`shimcha kimningdir asosiy manbai hisoblanadi. Unda mijoz bergan buyurtmani maksimal tez va sifatli qilib bajarish lozim. Lekin vaqtdan yutaman deb skriptni faqat xozirini o`ylab tuzish yaramaydi. Menga tushgan buyurtmalar bir vaqtni o`zida 2 3 ta bo`lgani sababli iloji boricha tez bitirishga harakat qilar edim. Kodlarni bir birini ichiga tiqib, ortiqcha fayl ishlatmaslik uchun hammasini case larni ichiga tiqar edim. Natija? Natijada kodni umuman boshqarib bo`lmaydigan bo`ldi va unga qo`shimcha ham kiritib bo`lmas edi. Menga buyurtma bergan mijozlar dastlab berilgan buyurtmaga o`zgartiirsh kiritishni so`raganlarida har safar boshqatdan yozib chiqar edim :(.
2. Saboq: Arxitekturani unutmang!!!
Kimdir skript yozish uchun MVC ga moslashgan arxitekturani tanlaydi kimdir esa umuman hech qanday rejasiz dastur tuza boshlaydi. Skriptni tuzishdan oldin yaxshilab reja qilib olish lozim. Qaysi arxitektura, qaysi ma`lumotlar bazasi va qaysi usulda kod yozish hammasini oldindan o`ylab qo`yish lozim ekaaaan :). Meni yozgan skriptlarimda esa hammasi har doimgidek bir xil 4 ta papka, ulardan 2 tasi sistema fayllari uchun qolgani shu skriptni bo`laklari :)
3. Saboq: Hech qachon joyingizda qotib qolmang!!!
Skriptlarni yozishni o`zim uchun qulay tomonini o`ylab topganimdan so`ng men o`zimni yengilmas dasturchi deya hisoblar edim. Chunki buyurtmalar deyarli bir xil, shunday bo`lgandan so`ng ularga yoziladigan kod ham o`xshashib ketar edi. Men qolipga tushib qolgan edim va menga hech narsa kerak emas edi go`yo. Lekin bir kun kelib menga cUrl, Json, MVC, OOP, Patternlar kelib zarba beradi deb o`ylamas edim. Men 5 oy vaqtim bir xil skript yozish bilan o`tdi keyin esa yuqoridagi yo`nalishlar bo`yicha buyurtma tushganda dovdirab qolgan edim. So`ngra coderlikni vaqtincha yig`ishtirib o`z ustimda ishlashga qaror qildim. Bilim ketidan yangi bilim, yangi qiziqishlar va noan`anaviy fikrlar paydo bo`la boshladi.
4.Saboq: Kod mantiqini uning ko`rinishidan ajratishga harakat qiling
Kodning logika(mantiq) ini unign ko`rinishi(view) dan ajratishga va ular maksimal qo`shilib ketmasligiga harakat qiling. Sabab? Sababi oddiy kelajakda siz yozgan skript orqali ochilgan saytga har hil qurilmadan kirishligi mumkin va bu ehtimoldan holi emas!!!!.. WEB sahifaga mobil telefondan kirsa judayam noqulay bo`ladi. Agar siz mantiq va ko`rinish aralashib ketgan skript yozgan bo`lsangiz WEB ko`rinishni PDA ga aylantirguncha ancha muncha ter to`kasiz. Yana bir minus tomoni bu dizayner uchun ham aralash kodga o`zgartirish kiritish ancha qiyin bo`ladi. Agar ko`rinish alohida bo`lsa dizayner o`z ishini bemalol bajara oladi hamda sizning skriptlaringiz responsive(moslashuvchan) ko`rinishga ega bo`ladi
5. Saboq: G`oyalaringizni yon daftarchaga yozib qo`ying
Shunday vaqtlar bo`ladiki siz anchadan beri yechimini topa olmayotgan muammoning yechimi kutilmagan vaziyatda kelib qoladi. Aksiga olib siz kompyuter yonida bo`lmaysiz va borib borib shu g`oyalar esingizdan chiqib ketadi. Shunday vaqtda yoningizdagi yon daftarchaga yoki mobil telefoningizni hotirasiga yozib qoldirsangiz kelajakda judaasqotadi.
Mana men qilgan eng katta adashishlar natijasida olgan saboqlarim :). Fikrlaringizni kutib qolaman

O'rganishga kelsak, deyarli har kuni internetda yangiliklar haqida qiziqib o'rganib turaman.
Qo'shimcha maslaxat: Agar kelajakda har qanday muammoni hal qiladigan dasturchi bo'laman desangiz katta va o'zingizga tanish bo'lmagan proyektlar bilan ko'proq ishlash va HAR XIL MUAMMOLARNI hal qilishga intiling.