4G-internet qaysi mamlakatda eng tez ishlaydi?

Buyuk Britaniyada tashkil etilgan hamda tarmoqni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchu OpenSignaltadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng birinchi 4G LTE tarmog‘i (to‘rtinchi avlod aloqa standarti) Shvetsiyada ishga tushirilgan. Shu bilan birga, u ayni paytda jahondagi eng tezkor LTE tarmog‘iga ham ega mamlakat hisoblanadi. O‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, Shvetsiyada Internetdan ma’lumotlarni ko‘chirib olishning o‘rtacha tezligi 22,1 Mb/s ga teng ekan.
AQSH dunyoda ikkinchi bo‘lib 4G-internetni ishga tushirgan bo‘lsa-da, ammo bu mamlakatdagi o‘rtacha tezlik ayni paytda unchalik yuqori emas – 9,6 Mb/s. u reytingda sakkizinchi o‘rindan joy olgan.

Shunday qilib, OpenSignal sinovi natijalariga ko‘ra, quyidagi davlatlarda dunyodagi eng tezkor 4G-internet mavjud:
 
1. Shvetsiya
2. Gongkong
3. Daniya
4. Kanada
5. Avstraliya
6. Janubiy Koreya
7. Germaniya
8. AQSH
9. Yaponiya
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham 4G LTE internet tarmog‘i 2012-yildayoq ishga tushirilgan, biroq u Toshkent shahrining ayrim nuqtalarida faoliyat ko‘rsatadi xolos.

Ma’lumot o‘rnida: 4G-internet, odatda, LTE (inglizcha, long term evolution – uzoq muddatli evolutsiya) yoki 4G LTE deb yuritiladi. U ma’lumotlarni yuqori tezlikda o‘tkazish va qabul qilish imkoniyatini beradi. 4G-internet bilan ishlaganda tezlik o‘rtacha 10-100 Mb/s gacha bo‘lishi mumkin.

6 комментариев

TITAN-UZ
Man nima darddamanu siz nima dardasiz okam!
0
Комментарий был удален
uzeconomist
Mening dardim sovg‘aga qo‘yilgan fleshkani yutib olish, sizning dardingiz nima okam? :))
0
SardorDushamov
yaxshi maqola ekan, mani tlim htc evo 4G , nimaga 4G dib yurardim, bilib oldim, bizdda  ishlamas ekan afsus
0
Dilemma
Uzb'da 3G sifati rasvo bo'la turib qanday qilib 4G ishlashi mumkin degan savol tug'ilda?)))))
0