Android aslida nima maqsadda ishlab chiqilgan edi?

Kim o‘ylabdi deysiz, bugungi kunda dunyodagi eng ko‘p tarqalgan Android mobil operatsion tizimi dastlab kameralar uchun yaratilgan ekan. Hozirda u nafaqat smartfon va planshetlarni, balki televizorlar, muzlatgichlar, o‘yin pristavkalarini ham egallashga ulgurdi. Taqdir taqozosi bilan esa kameralargacha ham yetib keldi, oddiy emas “aqlli” kameralar.


Ma’lum bo‘lishicha, 2004-yildayoq Android bazasida ishlovchi kameraning namunasi tayyor bo‘lgan. Biroq, Androidni ishlab chiqayotgan jamoaga rahbarlik qilgan Endi Rubin (Andy Rubin) kelajakda kameralarga bo‘lgan qiziqish pasayishini oldindan his qilib, rejalarni telefonlar tomon burib yuborgan. Eslatib o‘tamiz, bu paytda iPhone degan smartfonlar hali yo‘q edi. Android jamoasini ko‘proq Microsoft va Symbian bezovta qilar edi.

Aytgancha, Android hozirda axborot-ko‘ngilochar tizimlarga ham o‘rnatilmoqda. Kia va Volvo yaqinda o‘zining avtomobillariga shunday tizimlarni o‘rnatib chiqaradi. Hatto, kelajakda Android bazasida ishlovchi o‘z-o‘zini boshqaradigan avtomobil ham paydo bo‘lishi mumkin. 

Нет комментариев