Dasturlashni o‘rganing: Bu haqda sizga maktabda o‘qitishmaydi!

Amerikadagi Code.org notijorat tashkiloti dasturlashning sodda va foydali ekanligi haqida videorolik tayyorladi. Ushbu rolikda Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts, Facebook asoschisi Mark Sukerberg, kompyuter o‘yinlarini ishlab chiquvchi Valve kompaniyasi rahbari Geyb Nyuell va boshqa bir qator mashhur dasturchilar suratga tushishgan.

<video>  mover.uz/video/embed/gvXHKv1/</video> 

Loyiha qatnashchilarining so‘zlariga ko‘ra, dasturlash asoslarini o‘rganish matematikachalik qiyin emas. Rolikda dasturchilardan tashqari taniqli professional basketbolchi Kris Bosh va mashhur musiqachi Will.i.am ham suratga tushgan. Ularning ta’kidlashicha, dasturlash asoslarini o‘rganish barchamiz uchun zarurdir, chunki zamonaviy dunyoda odamlar har doim kompyuter bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.

Rolikning g‘oyasi shundan iboratki, kim dasturlashni bilsa, u osongina yaxshi ish topishi mumkin. Mark Sukerbergning ta’kidlashicha, u barcha qobiliyatli dasturchilarni Facebook’da ko‘rishdan mamnun bo‘ladi.

Microsoft ushbu rolikni kinoteatrlarda, Mark Sukerberg – Facebook orqali, Google kompaniyasi esa YouTube servisida tarqatishga ko‘mak berishini aytib o‘tishgan.

Xo‘sh, videorolikni ko‘rib qanday fikrga keldingiz? Haliyam dasturlashni o‘rganmoqchi emasmisiz?

4 комментария

geniuz
mover.uz/video/embed/gvXHKv1/
o'zbekcha subtitrlar bn. daryo.uz tarjima qilgan.
0
uzeconomist
Shu o‘zbekchasini topa olmay turgandim. Aytgancha, YouTube yoki Mover videolarini qanday joylasa bo‘ladi? HTML-kodni qattan olaman?
0
bahriddin
Hamza, “Amerikadagi Code.org notijorat tashkiloti dasturlashning soda ...” xato ketibdi.
0
Комментарий был удален