Ubuntuda o‘zbekcha-lotincha klaviatura

Assalomu alaykum. Barchamizga ma’lumki, Behzod Saidov akamiz uzl-keyboard ya’ni Windows OS uchun O‘zbek-lotin klaviaturasini yaratganlar. Debian uchun ham bu narsa Mashrab Kuvatov tomonidan yaratilgan ammo bundagi simvollarni Windows o‘qiy olmaydi. Men Ubuntudan foydalanaman uchun, shu muammoni to‘g‘irlab bo‘lmas ekanmi deb kirishgan edim. O‘tgan yili aprel oyida bu muammoni yechimini topdim. Ya’ni ’ ‘ belgilarini to‘g‘irladim va „ “ belgilarini klaviaturada qo‘shdim. Launchpad’da bu haqida yozdim. Foydasi bo‘lmadi. Qisqasi hozir agar kimdir ‘ ’ „ “ belgilaridan foydalanmoqchi bo‘lsa /usr/share/X11/symbols/uz faylini men o‘zgartirib chiqgan faylga almashtirgan holda foydalanishi mumkin. Agar foydalanmoqchi bo‘lsangiz bemalol :) Agarda Ubuntu va Debianlarning yangilanishlarida bu faylni o‘zgartirishga yordam bermoqchi bo‘lsangiz, sizdan maslahatlarni kutib qolaman :)

Men o‘zgartirgan faylni bu yerdan ko‘chirib olishingiz mumkin. Faylni opennetni o‘ziga joylashni bilmadim :(

6 комментариев

uzadmin
Bu oʻxshamadi. Koʻrib turganingizdek, " ʻ " belgisi, «okina» boʻlib qolmoqda. Qoʻshtirnoqning bittaligi emas. Uni turli saytlarda U+2018 deb berishibdi, lekin «U» belgisiga tushunmadim va turli klavishlar bilan bosib koʻrganimcha boʻlmadi.
0
U2B3K
«U» belgisi Unicode degani. Yani Unicode dagi 2018 kodli belgi.
0
ruslanmedia
Agar o‘xshamayotgan bo‘lsa /usr/share/X11/xkb/symbols/ papkadagi uz faylini o‘chirib, qaytadan ruslanmedia.uz/uz ni ko‘chirib olib qo‘ying va, /var/lib/xkb/ papkadagi xkm fayllarni o‘chirib tashlab, bitta “perezagruzka” bervoring shunda muammo bo‘lmaydi :)
0
uzadmin
Sizga rahmat, menimcha o‘xshadi, hozir o‘zbek lotin alifbosida yozyapman, menimcha, hammasi o‘xshadi, rahmat sizga yana bir bor.
0
bahriddin
Men debian'ni oʻzining uzbek (latin) deganini ishlatyapman. asosiysi duduq belgimizni toʻqqizsimonmas, oltisimon qilib chiqaryapti :)
0
ruslanmedia
Debianning ham ubuntuning ham o‘zini uzbek (latin)ining belgilarini windows ko‘rmaydi so‘roqcha bo‘lib qoladi. Shuning uchun man o‘zgartirish kiritib chiqgan edim. Ubuntuda ham avvaldan bor Uzbek (latin). Shunchaki o‘zgarish qildim
0