HTML darslari 4-dars. HEAD tegi.


Assalomu alaykum Hurmatli o'quvchilar!
HTML ni o'rganishni davom ettiramiz. Ushbu darsimizda
<HEAD>
tegi bilan ishlashni o'rganib chiqamiz.
Ho'sh bu teg nima uchun kerak va nima uchun ishlatiladi? Degan savolga javob olasiz degan umiddamiz.


Bilamizki barcha teglar
<HTML></HTML>
teglarini ichida yoziladi.
Keling sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman:
Odam — bu
<html></html>
tegi deb tasavvur qilamiz.
<head></head>
— bu odamning bosh qismi( ya'ni kallasi).
<body></body>
— nomidan ham ma'lumki, bu odamni badani.
<head></head>
teglari teglarini ichida yoziladi va
<body></body>
tegining yuqori qismida yoziladi.
Esda tuting,
<head></head>
teglari
<body>
teglarini orasida yozilmaydi.

<html>
<head>
...
</head>
     <body>
        ...
     </body>
</html>

Ya'ni yuqoridagi strukturada yoziladi.

HEAD — teglarini ichiga biz css kodlar, javascript kodlar, va web sahifa uchun kerakli elementlarni, teglarni yozishimiz mumkin.
Quyidagi teglarni yozishimiz mumkin:
<title>
<style>
<meta>
<link>
<script>
<noscript>
<base> 


<title>
— tegi.
Nomidan ham am'lumki, web sahifa nomini ko'rsatish uchun ishlatiladi.
Misol:
<html>
<head>
<title>Mening birinchi web sahifam</title>
</head>
<body>
   Web sahifaning tana qismi...
</body>
</html>

Ushbu kodni o'zingiz ham yozib tekshirib ko'ring. htmledit.squarefree.com
Ushbu kodni ishlatib browserda ochib, browseringizni tep qismiga qarang, va siz «Mening birinchi web sahifam» yozuvini ko'rasiz.

<link>
— tegi.
Bu tegni web sahifani boshqa fayllar bilan boglash uchun ishlatamiz, misol uchun css fayl bilan boglash uchun.
Misol:
<html>
<head>
<link rel="stylesheet" type="text/css" href="mystyle.css">
<title>Mening birinchi web sahifam</title>
</head>
<body>
   Web sahifaning tana qismi...
</body>
</html>

Ushbu kodni o'zingiz ham yozib tekshirib ko'ring. htmledit.squarefree.com
Yani ushbu misolda mystyle.css nomli css faylga bog'lash uchun ishlatilyapti.

<style>
— tegi.
Ushbu teg web sahifaga stil berish uchun ishlatiladi.
Misol:
<html>
<head>
<link rel="stylesheet" type="text/css" href="mystyle.css">
<head>
<style type="text/css">
body {
	background-color:yellow;
}
p {
	color:red;
}
</style>
</head>
<title>Mening birinchi web sahifam</title>
</head>
<body>
   <p>Web sahifaning tana qismi...</p>
</body>
</html>

Ushbu kodni o'zingiz ham yozib tekshirib ko'ring. htmledit.squarefree.com

CSS haqida keyingi darslarimizni kuzatib boring, CSS darslarini ham albatta qo'yib borishga harakat qilamiz.

<script>
— tegi.
Ushbu teg ichiga
JavaScript
kodlarini yozishimiz mumkin.

Bu darsimizda qo'ldan kelgancha teglarni tushuntirishga harakat qildim. Qolgan teglarni ham asta sekinlik bilan o'ranib boramiz.
Keyingi darslarimizni kuzatib boring.
OPENNETdan yiroqlashmang…

HTML darslari 3-dars. Teglar bilan ishlash(2-qism)

Нет комментариев