HTML darslari 5-dars. CSS . Style
Assalomu alaykum Hurmatli o'quvchilar!
HTML ni o'rganishni davom ettiramiz. Ushbu darsimizda
CSS
bilan ishlashni o'rganib chiqamiz.Siz web sahifangizni chiroyli dizayn va chiroyli ranglar bilan, o'ziz hohlagandek qilishni istasangiz CSS sizga juda katta yordam beradi.
CSS ni biz 3 xil usulda web sahifamizga boglashimiz mumkin.
- HTML teglarining atributi sifatida ishlatishimiz mumkin
tegi bilan ishlatishimiz mumkin. Ya'ni<style>
qismida.<head>
- Fayl orqali bog'lashimiz mumkin, ya'ni css fayl yaratib
qismida yaratilgan css faylni bog'lashimiz mumkin.<head>
Keling end yuqoridagilarni birma bir o'rganib chiqamiz.
HTML teglarining atributi sifatida ishlatish.
Biz hali teglarning attributlarini o'rganib chiqmaganmiz, asta sekinlik bilan ularni ham o'rganib ketamiz.
HTML da har bir teg ga
style
attributini berishimiz mumkin. Ushbu style attributining qiymatiga biz css ni yozishimiz mumkin.Misol:
<html>
<body style="background-color:yellow;">
<h2 style="background-color:red;">Bu sarlavha</h2>
<p style="background-color:green;">Bu paragraf.</p>
</body>
</html>
Ushbu kodni o'zingiz ham yozib tekshirib ko'ring. htmledit.squarefree.com
background-color
— Bu CSS element hisoblanib, orqa fonga rang berish uchun ishlatiladi.Ushbu element quyidagi qiymatlarni olishi mumkin:
- rang nomi(ingliz tilida)
- rang kodi(misol uchun oq rangning kodi #FFFFFF)
Natija:
Ko'rib turganingizdek, sahifaning umumiy tanasiga sariq rang berildi, sarlavhaning orqa foniga qizil, paragrafning orqa foniga esa yashil rang berildi.
<style>
tegi bilan ishlatish.<head>
<style>
body {background-color:yellow;}
p {color:blue;}
</style>
</head>
HEAD qismida style tegini ichiga yozishimiz mumkin
Misol:
<html>
<head>
<style>
body {background-color:yellow;}
p {color:blue;}
</style>
</head>
<body >
<h2 >Bu sarlavha</h2>
<p >Bu paragraf.</p>
</body>
</html>
Ushbu kodni o'zingiz ham yozib tekshirib ko'ring. htmledit.squarefree.com
Ushbu misolda body tegi uchun orqa fon berildi,
background-color:yellow
;.body{csslar yoziladi..}
p{csslar yoziladi..}
h1{csslar yoziladi..}
pre{csslar yoziladi..}
h3{csslar yoziladi..}
... qolgan teglar
Yuqoridagi ko'rinishda teglarga stil berishimiz mumkin.
HTML ga CSS faylni boglash.
HEAD qismida link tegi yordamida boglashimiz mumkin.
<head>
<link rel="stylesheet" type="text/css" href="mystyle.css">
</head>
href atributiga faylni nomi(agar css fayl va html fayl yonma yon turgan bo'lsa,agar yonma yon turmagan bo'lsa faylning turgan yo'li bilan yoziladi)
opennetdan yiroqlashmang…
HTML darslari 1-dars.
HTML darslari 2-dars. Teglar bilan ishlash
HTML darslari 3-dars. Teglar bilan ishlash(2-qism)
HTML darslari 4-dars. HEAD tegi.
hammasini birdaniga qilib ketarkansizde. Misol uchun «h2 style=background-color;red;» Bu sarlavfa "/h2"
Siz aytgandek:
kabi yozadigan bo'lsak, tasavvur qiling, siz h2 tegini 50 yoki 100 ta qatorda ishlatdingiz, har bir tegni atributiga style=background-color:red; dib yozib chiqasizmi? BU vaqtni oladi, kodni hajmini ko'paytiradi, agarda siz stilni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz usha 50-100 tasini ham qo'lda o'zgaritirb chiqishga to'gri keladi.
xozir tekshiramiz :D