Qanday qilib yaxshi programmist bo'lish mumkin?

Xammaga salom,
Yaxshi programmist o'zi kim va qanday qilib yaxshi programmist bo'lish mumkin?
quyida keltirilgan punktlar bir paytlar ingliz tilida o'qilgan maqolachaga va o'zimni opitimga asoslangan. Shuning uchun buni tarjima desak xam bo'laveradi.

1. Dasturlash asoslarni — dasturlash asoslarini yaxshi tushunish buyuk yutuqlarga olib boradi. Dasturlash asoslarini judayam yaxshi bilmasdan xech qachon yaxshi programmist bo'la olmaysiz. Bu eng optimal yechimlarni qilishda kalit o'rnini bosadi. Agarda siz nimanidir o'rganmasdan o'tib ketganizni his qilsangiz ortga qaytib o'rganishingizga xech nima halaqit bermaydi.

2. Har bir yozayotgan kodingizga «qanday qilib», «nimaga» savollarini qo'yib boring — sizda nima va qanday bo'layotganini bilish uchun entuziazm bo'lishi kerak. Ayrim paytlari vaqt chegaralanganligi bois bizda o'z kodimizni tekshirish imkoni bo'lmaydi va xammasi ishlayapti degan tahmin bilan davom etamiz. Kodingizni (qanday) ishlayotganini qayta va qayta tekshirish xech qachon sizga zarar qilmaydi.

3. Boshqalarga yordam berish bilan ko'proq o'rganish — forumlarda nafaqat tupikka kirganda yordam so'rab qatnashish kerak, balki boshqa paytlariyam qatnashish foydali. Siz biror muammoni hal qilguncha o'rgangandan ko'ra, odatiy holatda o'rganganizda ko'proq o'rganasiz. Undan tashqari jamoangizdagi boshqa programmistlarga yordam berishingiz kerak. Bu bilan siz faqatgina eng yaxshi programmist bo'lasiz.

4. Oddiy, tushunarli ammo mantiqiy kod yozish — Murakkablikdan qochish uchun oddiy va mantiqiy kod yozishingiz kerak. Oddiy lekin mantiqiy kodlar doim yaxshi ishlaydi, ortiqcha savollardan holi va kengayuvchan bo'ladi.

5. Muammoni hal qilishdan oldin uni analiz qilishga ko'proq vaqt sarflash. Siz muammoga echim yaratishdan ko'ra muammoni to'liq tushunishga va uni analiz qilishga ko'proq vaqt ajrating.

Loyihalashtirish shunchalik oddiy bo'lishi kerakki, unda qaysi modellash tilini va qaysi asboblardan foydalanish aniqlanmasin.

6. Kodingizni boshqalar ko'rishidan oldin uni analiz qilib tekshirishizngiz kerak — albatta bu qiyin bo'lishi mumkin, lekin boshqa birov sizni kodingizni buzishdan oldin o'zingiz buzishingiz mumkin. Vaqti kelib hatosiz kod yozish sanatini o'rganasiz.

7. Zamondan orqada qolib ketayotganizni his qilishni bas qiling — o'zgarishlar to'xtamaydi. Har kuni kirib kelayotgan yangi API, framework va boshqalar bilan ishlash dasturlashni oson va tezlashtiradi. Asosiy texnologiyalar, uning atrofidagi framework,api va hakozolarga nisbatan aaancha sekin o'zgaradi.

8. Xujjatlarni o'qish — yaxshi programmist doim xujjatlarni o'qib o'rganib boradi. Qo'llanmalar, spesifikatsiya, standart va api xujjatlarni o'qish programmistni yaxshi yutuqlarga olib boradi. Bu qanaqa vaziyatda qaysi texnologiyadan foydalanish qulayligini belgilashda qo'l keladi.

9. Boshqalarni kodlarini o'rganish — Siz kun davomida boshqalarni kodlarini o'qib — o'rganib borishingiz kerak. Bu nafaqat bilimingizni oshiradi, balki eng yaxshi usullar bilan yaxshi dastur tuzishingizgayam yordam beradi.
Bu punktlarni yanada cho'zib ketaverish mumkin lekin hozircha shu yetarli deb o'ylayman. Balki siz yaxshi programmist bo'lish uchun qandaydir usullarni bilarsiz, fikrlaringiz va opitingiz bn ulashsangiz hursand bo'lardim.

5 комментариев

SardorDushamov
Oldin man dokumenttatsiya o'qimasdan biror misolni ko'rib ishlasa bo'ldi dib keturardim, bu yo'l notogriligini bilganimdan keyin abezatelno dokumentatsiya o'qiydigan bo'lganman. Bu juda foydali
1
U2B3K
Bir narsani yetarlicha o'rganmasdan keyingi narsaga o'tmang. Iloji boricha o'zingiz bilmagan savollarga boshqa joylardan topib, o'qib bo'lsa ham javob berishga harakat qiling. Kitoblar, hujjatlarga qarashga xijolat bo'lmang. Guruh bo'lib ishlashni o'rganing.
1
bahriddin
Hujjatlar — bu dokumentatsiyami?
Menda 1 ta savol bor: mana misol uchun jQuery dokumentatsiyasini tushunish uchun JavaScriptni yaxshi tushunish kerakmasmi? Agar JS'dan bilim yetarlicha bo‘lmasa, va umuman, shunga o‘xshagan holatlarda qanday maslahat berasizlar?
0
geniuz
sintaksisni bilsangiz buldi
masalan man js da ayrim narsalarni qanday qilishni bilmiman, jqueryda bilaman…
1
abdujabbor
yaxshi maslahatlar geniuz. zo'r :)
0