Eclipse da android loyihamizni o’rnatuvchi faylga(.apk) export qilish!

android export
Salom ushbu kichik maqola Android dasturlashga oid 11-dars. Androidda menularni guruhlash, xml menu yaratish. maqolalarimizda qoldirilgan fikrlar yuzasidan yozildi.
Har bir android application kompliyatsiya qilinadi va bir faylga arxivlanadi. APK (Android Package) ushbu farmat arxivlar tipiga kiradi va Android os lar uchun dastur fayli hisoblanadi. APK arxivda dasturning kodlari .DEX faylda saqlanadi, resurslar, aktivitiylar va fayllar .manifest faylida saqlanadi.
Eclipse da tayyor loyihamizni export qilishni ko’rib chiqaylik.
1. Eclipseda loyihamizni ochamiz.
2. File menyusining Export bo’limini tanlaymiz.

android export
3. Export oynasidan Android katologini ochib Export Android Application bo’limini tanlaymiz va Next tugmasini bosamiz.
android export
4. Browse… tugmasini bosib loyihani tanlaymiz hamda ok tugmasini bosib Next tugmasini bosib keying bo’limga o’tamiz.
android export
5. Ushbu bo’limimizdakeystore( Java KeyStore)ni ko’rsatamiz. Keystore bu imzolashdir. Agar bizda keystore mavjud bo’lsa uning joylashgan joyi(Location) va parolini(Password) ni ko’rsatamiz. Agar bizda keystore mavjud bo’lmasa Create new keystore bo’limini tanlab, joyini(location), parolini(Mana ko’rib turubsizku bu ishni hech qanday qiyinchilik joyi yo’q. Ushbu darsimiz muddatidan oldin chop etilayotgani uchun batafsil to’xtalib o’tirmadik. Kelgusi darslarda keystore yaratishni windows buyruqlari orqaliy ko’rib chiqamiz.) va parolini qayta tasdiqlab(confirm) next tugmasini bosamiz.
android export
6. Bizda key creation oynasi ochiladi va u yerdagi bo’limlarni to’ldiramiz.
android export
7. Apk ni saqlanadigan joyni ko’rsatib finish tugmasini bosamiz.
android export
Mana ko’rib turubsizku bu ishni hech qanday qiyinchilik joyi yo’q. Ushbu darsimiz muddatidan oldin chop etilayotgani uchun batafsil to’xtalib o’tirmadik. Kelgusi darslarda keystore yaratishni windows buyruqlari orqaliy ko’rib chiqamiz.

Нет комментариев