Tanlov natijasi

Bugun 1-aprel bo‘lganligi uchun shuni aniq aytishim kerakki, ushbu xabar hazillardan butunlay holi.
OpenNet portalining tashkillashtirgan ilk tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi va g‘oliblar ham aniqlandi:

1. SardorDushamoveng ko‘p va foydali maqola yozgan blogger.
2. Kamoliddin_f«Google» da ishlash sirlari maqolasi eng ko‘p “like” to‘plagan blogger.

Shranet xizmat safariga ketganliklari uchun tanlov g‘oliblari sovg‘alarini mendan (Bahriddin) olishlari mumkin:
(+998 90) 960 11 42.
Tanlov natijasi haqida batafsil quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin (1-aprelda olingan):

batafsil natija

Ishtirok etgan barcha bloggerlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib, oldinda hali ko‘plab qiziqarli tanlov va loyihalar borligini aytib o‘tmoqchimiz.

Birlashsak, katta kuchmiz!

15 комментариев

SardorDushamov
71 ta maqola yozilibdi 1 oyda. har oyda shunchadan yozilsa 1 yilda 1000 ga yaqin maqola bo'larkan.
0
geniuz
100 tacha maqola udalit qilindi, sayt qoidalariga togri kelmagani bois :)
afsuski shularni deb saytimizga yana invite asosida ruyxatdan o'tishga tog'ri keladi
0
Dilemma
Endi maqola yozilishI sekinlasa kk((((
0
Ziyo
Maqolalarni bir turkum ostina qilmoqchi bo'lib, blog ochishga hozirlandim, Opennetda blog yaratish uchun, kuch yetarlik emas deyiladi, shu kuchlar haqida ham ozgina malumot beringlar, qancha kuch bo'lishi kerak Blog qilish uchun?
Rahmat!
0
shranet
Buni adashmasam faqat man qila olaman. Agar juda zarur bo'lsa, manga PM yozing. Ko'rib chiqib qo'shib qo'yaman.
0
SardorDushamov
mani ham taklifim bor, masalan bu yerdagi bloggerlar tutoriallarga o'xshagan darslar yoki maqolalar yozishi mumkin. shularni bir nom ostida yoki blog ostida qilsa yaxshimi deb o'ylab qoldim, masalan man html darslari haqida yozyapman, shularni HTML darslari degan tutorial yoki shunga o'xshash blogmi nimadur qilsa yaxshimikin.
1
Sunna8
Bu muammoni blogga oddiygina tutorial degan kategoriya qo`shsa bo`ldi.
0
Sunna8
saaaal qolibdi fleshkali bolishga
0
SardorDushamov
Bitta narsaga ko'zim tushib togrisi qo'rqib kettim, 404 error berganda orqa fonda galati qo'rqinchli rasm turibdi ekan
0
U2B3K
aktivlik yana susayib qolibdiku, tanlov panlov o'tkazib yuboramizmi deyman yana :) Hamma band bo'lib ketdi shekilli…
1