Unlocker yordamida fayllar qanday o'chiriladi ?
Unlocker yordamida fayllar qanday o'chiriladi ?
Bu maqolani o'qib, siz Unlocker dasturi yordamida faylni qanday qilib o'chirishini bilib olasiz. Windows ba'zi hollarda, qandaydir sabab bilan faylni o'chirishni xohlamaydi. U, masalan, tizimda band bo'lishi yoki shunchaki fayl buzilgan, himoyalangan bo'lishi mumkin. Ammo, albatta kompyuterda bizga ortiqcha axlat kerak emas.
Ba'zan tizimga qaram bo'lgan faylni o'chirishda kompyuterni qayta yuklash yordam beradi. Lekin sizga qayta yuklash kerak bo'lmasa yoki bu yordam bermasa, Unlocker dasturi bu uchun ideal yechimdir.
Unlocker dasturi sizga Windows o'chirishdan bosh tortgan faylni tezda o'chirishga yordam beradi.
Dasturni uning rasmiy
saytidan yoki TAS-IX dan ko'chiring va uni o'rnating. O'rnatganingizdan so'ng, u Windows ning kontekst menyusida paydo bo'ladi.
Faylni Unlocker dasturi yordamida o'chirish uchun, unga sichqonchaning o'ng tugmasini bosish va kontekst menyudan Unlocker ni tanlash lozim.
Keyin dastur bajarishi shart bo'lgan amalni tanlang: «Qayta nomlash» (Переименовать), «O'tkazish» (Переместить), yoki «O'chirish» (Удалить). Bizning holatimizda «O'chirish» ni tanlaymiz.
Bundan so'ng, siz fayl o'chirilganligi haqidagi xabarni ko'rasiz.
Yana shunday holatlar bo'ladiki, masalan grafik muharrirda siz birorta fayl bilan ishladingiz, va u yopilganidan so'ng, dastur joylashgan katalogni fayllari bilan o'chirishni yoki boshqa lokal diskka o'tkazishga qaror qildingiz. Siz fayllarni ko'chirdingiz, biroq katalog o'chishni xohlamayapti.
Bunday holatlarda Unlocker dasturidan foydalaning, va sizga katalog yoki faylni o'chirishga nima xalaqit berayotganini bilishingiz mumkin.
Bu oynada siz faylni blokdan chiqarishingiz yoki ketayotgan jarayonni to'xtashingiz mumkin. Va undan keyingina siz fayl yoki katalogni bemalol o'chirasiz.
Siz endi Unlocker dasturi yordamida fayl qanday o'chirilishini bilib oldingiz.
1 комментарий