Windows da dastur o'rnatiladigan odatiy katalogni o'zgartirish
Windows da dastur o'rnatiladigan odatiy katalogni o'zgartirish

Ko'pgina internetdan dastur ko'chirib oladiganlar, yozishadiki «Dasturni
o'rnatishga urindim, yozuv chiqdi, joy yo'q deb».
To'ppa-to'g'ri. Disk «D» da qanchalik bo'sh joy ko'p bo'lishiga qaramasdan,
ko'pgina odamlar, barcha o'yinlarini, fotoshop hamda dasturlarini «C» tizim
diskiga o'rnatishadi. Shuning uchunki, ko'pincha installyatorda dastur
o'rnatiladigan katalogni o'zgartirib bo'lmaydi. Shu sababdan men sizlarga
dastur odatiy tarzda o'rnatiladigan yo'lni o'zgartirishga yordam beraman.
Bu operatsiyani bajarish uchun faqatgina Windows ning reestr tizimida
kichkinagina o'zgartirish qilishingiz kerak. Bu uchun Pusk tugmasini bosing
va qidiruv satriga regedit.exe kiriting.

Sizning oldingizda reestr muharrirri paydo bo'ladi, siz undan shu kalitni
topishingiz kerak:
HKEY_LOCAL_MACHINE/SOFTWARE\Microsoft/Windows/CurrentVersion
Endi o'ng paneldagi ahamiyatga ega bo'lgan ProgramFilesDir ni belgilang yoki
ProgramFilesDir (x86) Windows ning qanday turini ishlatishingizga qarab (32-
yoki 64-razryadli). Bu yozuvga ikki marta bosing va chiqqan oynadan Значение ni
D:/Program Files
ga o'zgartiring. Bajarilgan o'zgarishlarni saqlang va va reestr muharririni yoping.

Endi barcha yangi dasturlar siz ko'rsatgan diskka, katalogga o'rnatiladi. Bu
faqat tizim diskining to'lib qolishi muammosinigina hal qilib qolmasdan
balki, Windows da duch kelinadigan ba'zi bir muammolarda ham yordam beradi.
Ko'pincha tizimni qayta o'rnatsangiz, dasturlarni qaytadan o'rnatishingizga
hojat qolmaydi, chunki ularning ko'pchiligi bemalol ishlashda davom
etadi.
HKEY_LOCAL_MACHINE/SOFTWARE/Microsoft/Windows/CurrentVersion