HTML darslari 9-dars.IFramelar bilan ishlash.
HTMLni o’rganishda davom etamiz.
Ushbu darsimizda sizlar bilan iframelar bilan ishlashni o’rganib chiqamiz.
IFrame lardan biz, web sahifamizda boshqa web sahifani ko'rsatish yoki joylashtirish uchun ishlatamiz.
Quyidagicha yoziladi:
<iframe src="URL"></iframe>
Misol:
<html>
<body>
<iframe src="http://opennet.uz/webprogramming/html-darslari-8-darsformalar-bilan-ishlash.html" width="600" height="300"></iframe>
<p>Ba'zi eski browserlar iframe ni qo'llab quvvatlamaydi</p>
<p>Agar ular qo'llab quvvatlamasa iframe web sahifamizda ko'rinmaydi</p>
</body>
</html>
Ushbu kodni o'zingiz ham yozib tekshirib ko'ring. htmledit.squarefree.com
Natija:
Ko'rib turganimizdek, web sahifani ichida biz opeenet.uz saytidagi maqolani ochdik.
iframe ga width va height attributlarini berishimiz mumkin. Bu attributlar yordamida iframe balandligi va kengligi o'lchamlarini berishimiz mumkin bo'ladi.
Biz ushbu misolda o'lchamlarni width=«600» height=«300» ko'rinishda berdik, iframe ham ushbu o'lchamda ko'rinadi.
Yuqoridagi misolda ko'rganimizdek, iframe border bilan chegaralangan, agar siz ushbu chegarani olib tashlashni istasangiz quyidagi attributni ishlatishingiz mumkin.:
frameborder="0"
Ya'ni iframe chegarasini qalinligini 0 qilib qo'yadi hohlasangiz boshqa sonlarni yozishingiz mumkin.
Misol:
<html>
<body>
<iframe src="http://opennet.uz/webprogramming/html-darslari-8-darsformalar-bilan-ishlash.html" width="600" height="300" frameborder="0"></iframe>
<p>Ba'zi eski browserlar iframe ni qo'llab quvvatlamaydi</p>
<p>Agar ular qo'llab quvvatlamasa iframe web sahifamizda ko'rinmaydi</p>
</body>
</html>
Ushbu kodni o'zingiz ham yozib tekshirib ko'ring. htmledit.squarefree.com
Natija:
Ko'rib turganingizdek chegara yo'q.
Elektron kitoblarni ko'rgan bo'lsangiz o'ng tarafida mavzular turadi, ushbu mavzularni birortasini bosganizdayonida usha mavzuni ochib beradi. Siz ham shunga o'xshash kitob yoki boshqa narsalar qilishingiz mumkin. Tushunarli bo'lishi uchun bitta misol ko'raylik:
Misol:
<html>
<body>
<iframe src="http://opennet.uz" name="iframe_a" width=600 height=400></iframe>
<p><a href="http://opennet.uz/webprogramming/html-darslari-8-darsformalar-bilan-ishlash.html" target="iframe_a">
HTML darslari 8-dars.Formalar bilan ishlash.
</a></p>
<p><a href="http://opennet.uz/webprogramming/html-darslari-7-darsroyhatlar-blocklar.html" target="iframe_a">
HTML darslari 7-dars.Formalar bilan ishlash.
</a></p>
<p><a href="http://opennet.uz/webprogramming/html-darslari-6-darsjadvallar.html" target="iframe_a">
HTML darslari 6-dars.Formalar bilan ishlash.
</a></p>
<p><a href="http://opennet.uz/webprogramming/html-darslari-5-dars-css--style.html" target="iframe_a">
HTML darslari 5-dars.Formalar bilan ishlash.
</a></p>
</body>
</html>
Ushbu kodni o'zingiz ham yozib tekshirib ko'ring. htmledit.squarefree.com
Natija:
Ko'rib turganingizdek iframe va boshqa linklar chiqdi.Endi ushbu pastdagi linklarni bosganimizda iframe ni ichida o'sha linkni ochib beradi. Keling 8-darsni bosamiz:
Endi 6- darsni linkini bosamiz:
O'ziz ham ushbu kodlarni ishlatib ko'ring, bu juda oson.
1 комментарий