Salom Python

python
Xammaga salom,
shu kunlarda pythonda ko'p ishlashimga to'g'ri kelyapti. Bilmaganlar uchun bu erdagi Python bu ilon emas, a dasturlash tili. Bu judayam keng tarqalgan tillardan biri bo'lib linux tizimidagi ko'p programmalar shu tilda qilingan. Undan tashqari bu tilda Web saytlar xam ko'p ishlab chiqilmoqda. Pythonda web uchun asosan django, tornado va hakozo frameworklari mavjud. Python seriasidagi maqolalarni xozircha uzun qilib yozish niyatim yo'q. 0 dan o'rganishni istaganlar bo'lsa bemalol qo'shilib commentlarda yoki forum.opennet.uz da savollarini berishi mumkin. Bugungi maqolamda ananalarga ko'ra «Salom Dunyo»dan boshlayman.

Buning uchun bizga nima kerak?
O'zim linuxda o'tirganim uchun menda o'rnatish shart emas. Qo'l ostimda windows bo'lmaganligi sababli windows foydalanuvchilariga foydam tegadi deb o'ylamayman. googledan so'rab quyidagini topdim: starship.python.net/crew/mhammond/win32/Downloads.html
Mandagi version:

geniuz@sandy:~/projects$ python -V
Python 2.7.3

python interpretator bo'lgani sababli birinchi darsimizni (dars desak xam bo'ladi shekilli) yangi fayl yaratmasdan, python qanday ishlashini va oddiy (matn va sonlar ustida) amallarni ko'rib chiqamiz:
Buning uchun terminalda (agar windows bulsa cmd da) python buyrug'ini beramiz:

geniuz@sandy:~$ python
Python 2.7.3 (default, Jan  2 2013, 13:56:14) 
[GCC 4.7.2] on linux2
Type "help", "copyright", "credits" or "license" for more information.
>>> a="Salom"
>>> b="alik"
>>> a
'Salom'
>>> b
'alik'
>>> a+" "+b
'Salom alik'
>>> a=5
>>> b=8
>>> a
5
>>> b
8
>>> c=a+b
>>> c
13
>>> a+b
13
>>> a-b
-3
>>> c-b
5
>>> a*b
40
>>> 

pythonda php dan farqli ravishda o'zgaruvchi tiplari qattiq nazorat qilinadi, ya'ni oddiy qilib aytganda String tipli o'zgaruvchiga int tipli o'zgaruvchini qo'shish imkoni yo'q:

>>> a="matn"
>>> b=5
>>> c="yana matn"
>>> a+b
Traceback (most recent call last):
  File "<stdin>", line 1, in <module>
TypeError: cannot concatenate 'str' and 'int' objects
>>> a+c
'matnyana matn'

Ushbu maqoladan maqsad dasturlashni (yoki yana bitta dasturlash tilini) o'rganishni istaganlar uchun yordam berish.
Xozircha shular, davomi bor.

9 комментариев

jamic
Idielar haqiqda gapirmaysizmi ??? qanaqa idelar bor? qanaqib kompilatsiya qiladi. qanaqa dasturd yoziladi?
0
geniuz
sublime-text, notepad++
xoxlagan ide ishlatishing mumkin :)
bu compiler emas interpretator shuning uchun kompilyatsiya shartmas!
0
geniuz
mani uzim subline da yozib utiribman!
0
SardorDushamov
man o'zim ishlatmaganmanu, lekin JetBrains ni productlarini kuzatib boraman, u yerda PyCharm digan IDE bor.
0
sultonsanjar
eng yaxshisi sublime manimcha, lindayam windayam
0
ruslanmedia
yaxshi maqola bo‘libdi. Boshqa darslarni ham kutib qolamiz ustoz :)
0
Phoenix
Yana qo'shimcha qilib o'taman. Python ko'pchilik «piton» deb o'qiydi, bu noto'g'ri «payson» deb o'qish kerak «th» «wiTH» so'zidek.
Tilga kelsak juda kuchli til. C, Java, C++ bilan tenglasha oladi. O'zim Javadan ustun qo'yaman. Web, desktop, mobile, univer. til. Object-oriented juda kuchli ishlangan, Smalltalk yondashuvi bilan. Ko'pchilik eng birinchi qaysi tilni o'rganish kerak deganda ham shuni tilni tavsiya etaman. ENG ASOSIYSI SINTAKSIS TOZA.
0
bahriddin
BU interpretator orqali uzun kodni qanday qilib o'qishini va ishlashini tushunmadim ustoz!
0