SEO ichki sozlamalar

Barchaga alangali salom, anchadan beri blogga tuzukroq(foydaliroq) maqola qo`sha olmadim. Mana xozir ayni shu 18:51 da hayolimga SEO haqida maqola yozish kelib qoldi.
SEO — Search Engine Optimization — Qidiruv Sistemalari Optimizatsiyasi — Saytingizni qidiruv sistemalari(Google, YAndex, Bing, Yahoo va h.k) uchun qulay usulda moslashtirish haqida alohida FAN desak ham bo`ladi.

Bu nimaga kerak ?


Qidiruv sistemalari yaratilgandan beri ulardan foydalangan shaxslarning 7% izi gina qidiruv natijaning 2-yoki 3- sahifasi o`tgan. 93% foydalanuvchilarni esa natijalarning faqat 1-sahifadagi qismi qiziqtiradi shu hisobda sizni ham(aldashga urunmang). Agar sizning saytingiz ham shu qidiruv natijalarning 1-sahifasida turishini hohlasangiz saytingizni qidiruv sistemalari o`rganishi va undagi ma`lumotlar haqida ma`lumot olishi uchun qulay qilib qo`yishingiz lozim.
Optimizatsiyaning 2 turi mavjud: Ichki va Tashqi.
Ichki optimizatsiya — saytning semantik yadrosi bilan bog`liq bo`ladi.
Tashqi optimizatsiya — bu haqida keyingi maqolada…
Ichki optimizatsiyaga nimalar kiradi?
Ichki optimizatsiya — saytning ankor(ssilka matni), uning qidiruv sistemalari robotlari uchun tushunarli ravishda bo`lishini ta`minlovchi teglarni to`g`ri ishlatish hamda interfeysning qulayligi kiradi.
Hozirda qidiruv sistemalari ma`lumotlar yig`ish algoritmi o`zgargani sababli
oldingi paytlardagidek
meta teglarga kuchli e`tibor qaratilmayapdi. Hozirda asosiy e`tibor saytning kontenti(ma`lumotlari) ga qaratilgan.
Agar saytingiz reytingda yuqori o`rinda turishini hohlasangiz plagiatlardan(ko`chirmachilik) qoching!!! Doim original ma`lumotlar, maqolalar yozing.
Har bir sahifa uchun alohida
<title></title>
tegi orqali sarlavha qo`ying.
Maqolalarni ishlatishda
<b>...</b> ni o`rniga <strong></strong>
ni ishlating.
«Hx» teglari uchun ham alohida e`tibor bering.
Va albatta saytni originalligini bildirish uchun description hamda keywordlarni ham to`g`ri va eng asosiysi saytingiz kontentiga mos ravishda tanlang.
Hozircha shu, e`tiboringiz uchun RAHMAT

2 комментария

geniuz
Sunna8 maqolalaringizga
<cut>
qo'yishni unutmang!
0
Teasure
maqola yaxshi boshlangan lekin mag'zi chaqilmagan, ko'pchilik siz etib o'tgan «description» «Hx» teglari qayerda ko'rinadi va nima foydasi borligini bilmidi

«keyword» tegi ohirgi paytda faqat zarar keltirvotti, yaxshisini uni yozmagan maqul
«H1» har bitta sahifada yagona bo'lishi zarur, eng kerakli so'z uni boshida bo'lsa yaxshi
google «description»ga qaramidigan bo'vogan, u baribir sahifadan o'zi hohlagan ma'lumotni chiqarib beradi
0