WINDOWS 7 - "Родительский контроль"

Ko'pchilik xollarda ota-onalar o'z farzandlarini har xil yomon narsalardan himoyalab, kompyuterlariga parol qo'yishadi, yoki shunga o'xshash boshqa cheklovlarni o'rnatishadi, Ana shunday cheklovlardan biri «Родительский контроль» bo'lib, ushbu maqolachada uning windows 7 da o'rnatish, va ba`zi imkoniyatlari bilan tanishamiz. Windows 7 da «Родительский контроль» ga kirish uchun Пуск -> Панель Управления ga kirib, hosil bo'lgan oynada:
control panel
Родительский контроль ni tanlaymiz. shunda ekranda quyidagi oyna paydo bo'ladi:

bu yerda siz qaysi пользователь uchun Родительский контроль o'rnatmoqchi bo'lsangiz, shu пользовательни tanlaysiz. Родительский контроль o'rnatmoqchi bo'layotgan пользователь uchun parol o'rnatilgan bo'lishi va u встроенный учестный запись bo'lmagani ma`qul. Siz kerakli Пользовательни tanlaganingizdan so'ng, quyidagi ekran ochiladi:

bu yerda qizil rang bilan ajratilgan joydagi radiobutton ni tanlab «Родительский контроль» ni yoqasiz, Agar bunda Выкл tanlangan bo'linsa, «Родительский контроль» o'rnatish xojati qolmaydi, agar «включить, ...» da turgan bo'lsa, rasmda yashil rang bilan ajratilgan parametrlar bilan «Родительский контроль» ni yoqishlik mumkin:
— Ограничения по времени -> vaqt bo'yicha cheklov, ushbu bandni tanlanganida quyidagi oyna ochiladi:

bu yerda chap tarafda 7 ta hafta kunlari va har bir kun bo'yicha 24 soat berilgan. Siz qaysi kuni qaysi vaqtlarda aynan tanlagan пользователь uchun kirishni ta`qiqlamoqchi bo'lsangiz, mos tarzda shu kataklarda sichqonchani chap tugmasini bosib, belgilab qo'yasiz va ok!
— Игры -> o'yinlar bo'yicha cheklov. Ushbu bandda anchagina imkoniyatlari ko'p bo'lib, dastlabki oynani ko'rinishi quyidagicha:

agar bu yerda «Может ли user_name запускать игры» so'rovida Нет tanlansa, biz «Родительский контроль» o'rnatayotgan foydalanuvchimiz umuman windows o'yinlarini (Пуск -> Все программы -> игры) hech biriga kira olmaydi. agar ДА tanlansa, unda sizda quyidagi qo'shimcha parametrlarni ko'rsatish imkoniyati paydo bo'ladi:
+ Задать категории игры -> faqat maxsus kategoriyalarga tegishli o'yinlarga ruxsat berish. bunda qo'shimcha tarzda o'yinlarni ichki elementlari bo'yicha ham filtr qo'shish mumkin. Masalan «kattalar uchun» mo'ljallangan o'yinlarni ishga tushirishga ta`qiq qo'yish, o'zida qandaydir axloqsiz matnlarni saqlagan o'yinlarga cheklov qo'yish va hokazo…
+ Запрещение и разрещение игр -> o'yinlarni ro'yxati bo'yicha aniq bir o'yinni ishga tushurishni ta`qiqlab qo'yish mumkin. Albatta bunda faqat Windows 7 ni o'zini Встроенный o'yinlari nazarda tutilmoqda...O'yinlardan tashqari biz «Родительский контроль» da tanlangan Пользователь uchun dasturlarni ishga tushirishni ham ta`qiqlab qo'yishimiz mumkin. Buning uchun «Родительский контроль» ning asosiy oynasida
— Разрешение и блокировка конкретных програм -> aynan belgilangan dasturni ishga tushirishga ruxsat berish yoki ta`qiqlash bandini tanlashimiz to'g'ri keladi. Shunda ekranimizda quyidagi oyna ochiladi:

Agar bu yerda «user_name можеть использовать все программы» tanlanib turilsa, biz tanlagan foydalanuvchimiz barcha dasturlarni ishga tushirishi mumkin bo'ladi. Agar «user_name может работать только с разрешенными программами» belgilanib turilgan bo'linsa, unda unin tagidagi ro'yxatdan ruxsat etilgan dasturlar ro'yxatini tanlash kerak bo'ladi. Lekin bu xolda iloji boricha ehtiyotkor bo'lish talab etiladi, chunki windowsni ishida ko'rinmasdan yordam berib turadigan ba`zi dasturlarni ishlashiga ham cheklov qo'yib qo'yishingiz mumkin. Agar Sizga kerakli dastur ro'yxatda yo'q bo'lsa,pastdagi Обзор tugmasi bilan o'zingizga kerakli dasturni ham ko'rsatishingiz mumkindir.
Hozircha shu, keyingi maqolalarda ko'rishguncha…

Нет комментариев