Windows Server 2003 ga Driver integratsiya qilish

To'g'risi inson hayoti davomida har xil muammolarga duch kelar ekan. Shu vaqt bizga google yordamga keladi. Muammoni xal qilganimizdan keyin agar xotira zo'r bo'lsa good! lekin xotira pastroq bo'lsa vaqtlar o'tib xal qilish yo'li yoddan chiqar ekan. Shunda yana qaytadan google ni bezovta qilib bekorga vaqt o'tkazmaslik uchun «yon daftarga» yozib qo'yish eng yaxshi yo'ldir. Lekin qaniydi bunga «vaqt», aniqrog'i стимуляция bo'lsa, lekin opennet.uz ga o'xshagan bloglar yozadigan saytlar bor ekan стимуль ozroq bo'lsada uyg'onmoqda :) Xullas, ushbu ko'rmoqchi bo'lgan maqolamizda Windows Server 2003 Operatsion tizimiga Driver integratsiya qilamiz. Bu nimaga kerak? — Buni kerakligi shundaki, ba`zi Serverlar da xotira RAID massivlar orqali Virtual disk hosil qilib yasaladi. Bunda Windows Server larni ko'pchiligi Ustanovka vaqtida Virtual Diskni (ya`ni HDD ni) ko'rmaydi. Buning uchun Virtual Diskni Drayverini — Windows Server o'rnatish vaqtida F6 tugmasini bosib, USB-Floppy orqali drayverini qo'yib, so'ngra ustanovka davom ettiriladi. Lekin USB-Floppy bo'lmasachi? Unda faqat Windows Server 2003 uchun quyidagicha yo'l tutishimiz mumkin
Dastavval Server kompyuterimizni modeli bo'yicha google dan qidirib topib RAID drayverini skachat qilib olamiz, So'ng bizga nLite dasturi kerak bo'ladi. Uni siz Tas-Ix da megasoft.uz/soft/system/system-others/5179.html ssilkasi bo'yicha olishingiz mumkin. Endi Windows Server 2003 установщик diskini o'zimizni Shaxsiy kompyuterimizni DVD-ROM iga qo'yib,nlite ni ishga tushiramiz. shunda quyidagicha oyna paydo bo'ladi:

Bu oynani o'rta qismida dastur aynan qaysi operatsion tizimlar uchun mo'ljallanganligi ko'rsatilgan. Man ularga to'xtalib o'tirmayman, lekin sizdagi OS ning versiyasi shunga mos kelishi kerak. Ushbu oynada «Далее» tugmasini bosamiz, shudna quyidagi oyna ochiladi:

bu yerda Windows Server 2003 Diski turgan joyni ko'rsatamiz. Shunda e`tiborni qaratadigan joyi shuki, nlite sizdan установщик disk ichidan yo «i386» yoki «AMD64» papkalarini ko'rsatishni so'raydi. Bu papkalar diskda ko'pincha Компьютер -> DWD RW Дисковод (E): ichida bo'ladi:

tanlaganingizdan so'ng, dastur sizdan yangi hosil qilinadigan obrazni saqlash uchun joy ko'rsatishingizni so'raydi:

kerakli joyni ko'rsatganingizdan keyin bir oz vaqt Копирование… bo'ladi, Bunda Windows Server diskidan kerakli qismini dastur siz ko'rsatgan joyga ko'chiradi. So'ngra, обзор tugmasidan keyingi qatordan boshlab, mahsulot nomi, tili, versiyasi, joylashgan joyi va hajmi haqida ma`lumotlar chiqadi. Biz bu joyda Далее tugmasini bosamiz. bizga Avvalgi qilingan ishla oynasi ochiladi:

Bu oynada siz avvalgi qilingan ishingizni takroran bajarishingiz mumkin bo'ladi. Yani sizni shu dasturda qilgan ishlaringiz saqlanib qoladi. Agar sanasini eslay olsangiz kerakli sanani tanlab Импорт tugmasini bosasiz va avval qilgan ishingizni takroran osongina amalga oshirish imkoniyati paydo bo'ladi. Agar siz hech qanday «history» ga qaytmoqchi bo'lmasangiz, jarayonni yangidan qilmoqchi bo'lsangiz shunchaki Далее tugmasini bosing. Ana shunda sizga bir qator imkoniyatlar oynasi ochiladi:

Bu yerda Yangi SP ochishingiz mumkin, yoki ovnovleniya papkasi qo'shishingiz mumkin, Undan tashqari bizni misolda kerak bo'layotgan band — biror drayver integratsiya qilishingiz mumkin, yoki komponentlardan birortasini o'chirishingiz mumkin, hamda yana bir qator sozlamalar bilan birga oxirida yana yangi ISO obraz yig'ishingiz mumkin bo'ladi. Buning uchun kerakli tugmani ustida sichqonchani bir marta bosish kifoya. Biz bir vaqtda ikkita tugma ustida sichqonchani bosami: (Интегрировать) Драйвера, va (Создать) Загрузочный образ ISO. Uchinchi bosadigan tugmamiz: Далее…
Shundan so'ng hosil bo'lgan oynada:

Добавить tugmasini bosgan xolda biz bitta drayver yoki bir vaqtda bir nechta drayverni o'zida jamlagan drayverlar papkasini tanlashimiz mumkin bo'ladi. Agar Bitta drayver tanlasak shu zahoti, agar drayverlar papkasini tanlasak ro'yxat bo'yicha kerakli drayverimizni tanlaganimizdan keyin bizda quyidagi oyna ochiladi:

bunda 1- drayver nomini ustida sichqonchani chap tugmasini bosib tanlangan bo'linishi, 2- Режим: Драйвер текстового режима — radiobuttoni tanlangan bo'linishi kerak, so'ng OK!.. Далее… Да! shu bilan ISO obraz tayyor bo'ladi, uni endi bemalol Ultra ISO dasturi orqali diskga, yoki fleshkaga yozib olishingiz mumkin. Serverga ustanovka vaqtida esa agar drayverlarni to'g'ri tanlagan bo'lsangiz hech narsaga tegishingiz shart emas, hammasi avtomatik tarzda Ok! bo'ladi deb umid qilamiz. Shu bilan maqolamiz tugadi, keyingi maqolalarda uchrashguncha salomat bo'ling.

Нет комментариев