Samsung 6.6mm-qalinlikdagi Galaxy Tab S seriyasini e’lon qildi


Kecha Samsung navbatdagi tabletlarini e'lon qildi. Samsung bundan oldin ham bir necha turdagi tabletlarni chiqargan, va ularning maqsadi tablet bozorida yetakchilik qilayotgan «Apple»ning iPad tabletidan o'zib ketish. Yangi tablet hisoblanmish Galaxy Tab S modeli ikkita o'lchamda, 8.4-dyum va 10.5-dyum bo'lib, ikkalasiga ham Super Amoled ekrani o'rnatilgan va judayam yupqa shaklda ishlangan.

Galaxy Tab S 2012 yildan buyon birinchi marta Samsung o'z mobil qurilmalarida ishlatilgan Super AMOLED ekranini 10.5-dyumli tabletga joylashtirdi. Har ikkala model 2560 x 1600 ekran «rezolyushin»ga ega va 8.4-dyum modelda «PenTile» sub-piksel matritsa mavjud.

Tab faqatgina 6 mm qalinlikda bo'lib, bu Retina ekranli iPad mini va iPad Air tabletlaridan yupqaroqdir. Shuningdek, Tab S lar ikkalasi ham iPad tablardan yengilroq lekin shunga qaramay yetarlicha katta sig'imli batareyalarni joylashtirish imkonini topishgan: 10.5-dyumli qurilmada 7,900 mA (~30 vatt/soat) va 8.4-dyumlida 4,900 mA(~19 vs).

Ushbu tablar ikki xil turda chiqarilgan. LTE turida Snapdragon 800 chipset va 2.3GGz quad-core Krait 400 CPU ga ega bo'lsa, Wi-Fi versiyasi quad 1.3GHz Cortex-A7 va quad 1.9GHz Cortex-A15 CPU lik Exynos 5 Octa chipseti qo'llanilgan. Hamma turlarda 3GB RAM, 16/32 GB ichki xotira va microSD card sloti mavjud. Bundan tashqari ushbu tabda Samsung Galaxy S5 da ishlatilgan barmoq izlarini olish texnologiyasini qo'shilgan.


Operatsion tizim sifatida birinchi marta Samsung Galaxy S5 da ko'rganimiz Android 4.4 KitKat plus TouchWiz versiyasi o'rnatilgan. Bu ikki qurilmani SideSync yordamida birlashtirish mumkin. Ya'ni ushbu texnologiya S5 ning foydalanuvchi interfeysini Tab S ga Wi-Fi Direct orqali uzatadi.

Galaxy Tab S turlari AQSH da Iyul boshlarida sotuvga chiqishi rejalashtirilmoqda va 399$ (8.4-dyum, Wi-Fi, 16GB) va 499$ (10.5-dyum model, Wi-Fi, 16 GB) narxlari belgilangan.

Нет комментариев