RedHat vs Debian: Administrator nuqtai nazarida
Bu maqola quidagi tecmint.com saytidagi maqoladan tarjima qilindi.
Hozirda ko'plab erkin va bepul Linux distributivlari mavjud. Har bir Linux qiziquvchisi qaysidir distributivga o'zining mehri bor. Ushbu maqola ko'zda tutilgan maqsad RedHat (Fedora, CentOS) va Debian(Ubuntu) larni Administrator nuqtai nazaridan solishtirishdir. RedHat tijoriy Linux Distributivi bo'lib, dunyo bo'ylab serverlarda eng ko'p ishlatiladi. Fedora o'zining har 6 oyda chiquvchi «bleeding edge» (texnologik rivojlanishning eng oldingi o'rni) texnologiyasi realizatsiya qilish bilan mashhur bo'lgan RedHatning testlash labaratoriyasidir.
Shu o'rinda savol tug'iladi. Yuzlab linux distributivlari tekinga(ochiq-kod va iqtisodiy tomondan) turganda, nima uchun kimdlardir pullarini sarflab ushbu RedHat Linux Distributivini sotib oladi?! Javob oddiy, RedHat har doim barqarordir(stabilniy).
Boshqa tarafdan Debian ham judayam barqaror va repositoriysida juda katta miqdorda paketlarga ega bo'lgan Linux distributividir. Boshqa distributivlar ichida hozirgi vaqtda Debianga eng yaqin kelgani bu Gentoo. Mening Deian serverimda (Ubuntu), paketlar statistikasi quidagicha:
Ko'rib turganingizdek, paketlar 58.8 mingdan ko'proq. Sizga kerakli hamma narsa repositoryning o'zida mavjud. Paket menejer bo'lmish Apt hamma bog'liq paketlarda(dependency) muammolarni hal qilish uchun yetarlicha aqllidir. Kamdan-kam holatda Debian foydalanuvchilardan bog'langan paketlarni ko'chirib olib, o'zlari qo'lda o'rnatish so'raladi. Debian paket menejmentni anchayin osonlashtirib beruvchi bir necha paket menejerlar bilan qurilgan.
Ubuntu yangi o'rganuvchilar(chaynik) uchun Linux distributivi hisoblanadi. Linuxning ko'pgina forumlarida Linux qiziquvchilariga o'rganishni Ubuntudan boshlash maslahat beriladi. Ubuntu huddi Windowsdagi kabi muhitga ega, oson va qulay foydalanuvchi interfeysga ega va yangi foydalanuvchi oson ishlashi mumkin. Debian Ubuntuning asosi hisoblanadi, lekin ularning repositoriylari har xil. Ubuntu issiq yangilangan paketlarga ega va haligacha barqarordir. Aslida, Ubuntu nafaqat yangi o'rganuvchilarga, balkim advanced(yuqori darajali) foydalanuvchilarga ham birdek ma'qul keladi.
Endi yuqoridagi ma'lumotlarni yaxshiroq tushuntirish maqsadida bularga batafsilroq to'xtalalamiz:
1. RedHat — serverlarda keng qo'llaniladigan Distributiv.
Debian esa RedHatdan keyin ko'p ishlatiladigan Distributiv.
2. RedHat — tijoriy Linux Distributivi.
Debian — notijoriy Linux Distributivi.
3. RedHat taxminan 3000 atrofida paketlarga ega. Ubuntuda 58 mingdan ortiqroq paket bor. Bu degani, Debian taxminan RedHatdan 80% ko'proq paketlarga ega.
Debianda openoffice, bittorrent klient, mp3 kodeklar kabi paketlar bor bo'lsa, RedHatda bunday paketlar yetishmasligi mavjud va bular 3-tomon repositoriydan ko'chirib olinib, o'rnatish talab qilinadi.
4. RedHatning kamchiliklari(bug)ni to'g'irlash bir qancha vaqt kerak bo'ladi, chunki u bir necha odamlardan tashkil topgan «RedHat Employee» guruhi tomonidan boshqariladi.
Debianda xatolarni bartaraf qilish esa ancha tez bo'ladi. Chunki, dunyoning turli joylaridan Debian jamoatchiligida xatolarni tuzatish ustida ishlayotgan ko'plab odamlar bor.
5. RedHat paketlarni «update» larini tez-tez chiqarmaydi.
Debianda bu kunlikdir, ya'ni har kuni qaysidir paketni «update» chiqadi.
6. RedHat asosiy «update»larini har 6 oyda chiqaradi. Yangi «update»larni RedHat tizimda o'rnatish qiyin ish, siz hamma narsani qaytadan o'rnatishingiz kerak. Har kuni yangilanadigan Debian «update» larni o'rnatish judayam oson.
7. RedHat barqaror distributivini yaxshilab testdan o'tkazib, keyin ommaga chiqaradi.
Debian repositorysida barqaror, beqaror va testdagi paketlar mavjud.
8. RedHat paket menejeri YUM bog'liqliklarni avtomatik yechishda Debina paket menejeri hisoblanmish Aptga nisbatan ortda qoladi.
9. RedHat Beta Release 6.1 da VLC ni o'rnatish qiyin ish, o'nlab paketlarni qo'lda o'rnatib chiqishga to'g'ri keladi.
Debianda esa shunchaki «apt-get install vlc*» buyrug'i orqali hamma bog'lik paketlar avtomatik o'rnatiladi.
10. Debian sozlanma fayllarni boshqa fayllardan ajratish borasida aqllidir. Bu «upgrade» qilishni osonlashtiradi. Upgrade vaqtida o'zgartirilmagan fayllar avtomatik yangilanadi va o'zgartirilganlari foydalanuvchidan bu faylni nima qilish kerakligi to'g'risida so'raydi. Lekin RedHat da bunday emas.
11. RedHat rpm paketlardan foydalanadi.
Debian esa deb paketlardan.
12. RedHat RPM paket menejerni ishlatsa, debian dpkg menejerdan foydalanadi.
13. RedHat «yum» bog'lanishni hal qiluvchi(dependecy resolver) ni ishlatadi. Debian esa apt-get ni. (Yum va RPM ikkalasi ham paket menejer, ularning farqini maqola oxirida tushuntiriladi)
14. Fedora faqat tekin dasturlar mavjud yagona global repositorydan foydalanadi. Debian pullik bilan bir qatorda va tekin repositoryga ham ega.
15. Fedora «su» komandasini ishlatadi, Ubuntu «sudo».
16. Fedora SELInux(Security-Enhanced Linux — Havsizlik-Oshirilgan Linux) moduli bilan birgalikda «po-umolchaniya» o'rnatilgan bo'ladi va bu havsizlikni kuchaytiradi. Debianda ham buni alohida o'rnatish mumkin.
17. Debian RedHatdan farqli ravishda, jamoatchilik distributivi hisoblanadi.
18. Havfsizlik bu ikki distributvga ham eng asosiy masala hisoblanadi.
19. Fedora, CentOS, Oracle Linux hammasi RedHat Linux atrofida qurilgan distributivlardir. Ubuntu, Kalilar Debianning turlaridir. Aslida Debian bir qancha Linux Distrolarning ona-distributivi deb bilinadi.
20. RedHatni o'rnatish Debianga nisbatan osonroq kechadi. RedHatni o'rnatish davomida Internetga bog'lanish zarur emas, lekin Debianda internetga bog'lanish tavsiya qilinadi.
Mutaxassis fikri
Men ko'p yillar davomida RedHat Enterprise Linux (Beta), Fedora, CentOS, Debian va Ubuntulardan foydalanganman. Linux professionali sifatida Fedoraning beqarorligi menga to'g'ri kelmadi. CentOS yaxshi variant edi lekin bog'liqliklarni qo'lda hal qilish va «upgrade»dan keyin hamma narsani qayta o'rnatish men va mening jamoam uchun yoqimsiz edi.
RedHat judayam barqaror edi, lekin oxir oqibat mening kompaniyam RedHat Enterprise Edition va eskirgan dasturlar uchun minglab bakslarni sarflagisi kelmadi.
Ubuntu tashkilotlarning serverida muhim ma'lumotlarni saqlashda ishlatish uchun juda menga sodda ko'rindi.
Debian mening favoritimdir va tashkilotimga ham judayam mos keladi. Hozirda ko'plab serverlarimiz Debianda ishlayapdi va men bundan afsuslanmayman.
Siz mening nuqtai nazarimga qarshi chiqishingiz mumkin, lekin yuqorida keltirilgan haqiqatdan qocha olmaysiz. Ushbu maqola faktlarni keltirishni maqsad qilgan, bahslashishni emas. Har bir distro o'z kamchilik va yutuqlariga ega. Har bir Linux distro hozirgi kunda o'zining qo'llovchi jamoathciligiga va foydalanuvchilar guruhiga ega, biz ularni hurmat qilamiz.
— terminlar:
— bog'liqliklar(dependencies) — linuxda bir dasturiy paket boshqa bir paketga boq'lik bo'ladi, ya'ni shu paketni ishlashi uchun yana boshqasini o'rnatish zarur bo'ladi. Mana shu narsa linuxda bog'liqlik deyiladi. Ba'zi paket menejerlar bu bog'liq paketlarni o'zi qidirib topib avtomatik o'rnatsa, ba'zilari esa yo'q. Foydalanuvchidan qo'lda o'rnatish so'raladi.
— upgrade va update: dastur joriy versiyasiga chiqarilgan patch, asosan undagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish ko'zda tutiladi. Upgrade esa takomillashtirilgan yangi variant, bunda dasturga jiddiy yangiliklar kiritiladi va oldingi versiyadagi xato kamchiliklar bartaraf qilinadi. Dasturiy mahsulotning ko'plab «update»lari bo'lishi mumkin, lekin bir necha «upgrade» lari bo'ladi. Update odatda tekin bo'ladi, upgrade esa pullik bo'lishi mumkin.
Ushbu maqolaning aslini quidagi linkdan topishingiz mumkin. Maqolani Jamic Qalandarov Facebookda share qilgandan so'ng, o'qib ko'rib tarjima qilishga qaror qildim. Men Linux bo'yicha mutaxassis emasman, lekin ozmi-ko'pmi ishlaganman. Agar tarjima qilishda xatoliklar bo'lsa, yoki ma'nosi chiqmay qolgan gaplar bo'lsa to'g'irlashga yordam berasiz degan umiddaman. Ushbu blogda Linux bo'yicha bir necha mutaxassislar bor. Kommentlarga birgalikda javob beramiz.

golib@rvam:~$ sudo apt-cache stats
Total package names: 58870 (1,177 k)
Total package structures: 99784 (5,588 k)

— debian/ubuntu ni tasixda repolari bor, lekin redhat kurmadim :)
deganday…
debian rulez, ubuntuyam bulmaydi :)
bunday qarasa farqi yuq, hatto ayrim debianda yuq paketlar ubuntuda bor, ammo baribir debian zur, usha yuq paketlarni sourcelarda compile qilsam xam debian ishlatganim yaxshi
Debianga kelsak, man birinchi ishlatganlardan biri. Hozirgi kungacha qayerda server olgan bo'lsam hamma yoda debian qo'ydiraman. Shu kungacha birorta muammosi chiqmadi hali. RedHat da adashmasam ayrim hollarda ishlashga majbur bo'lganman lekin Debian bilan RedHat ni farqini aytadigan bilimga ega emasman.
2genius: Ubuntuni server qilib ko'rmadim, lekin uyda PC da ishlatsa bo'ladi.
2jamic: Ubuntuda UI bo'lgani bilan man terminal ishlataman. Bu soddalikka kirmaydi :)
bir paytlar mani PCim xam ubuntuda edi, knopkani bosib javob kelishini kutardim, odam urganib xam qolgandi. keyin debian quydim, qarabsizki uchishni boshladi. xozirda notebook, pc va hakozo xammasiga debian quydim :) hayot ancha yengillashdi
shu kodim ishladi.
Buni nimaga aytdim. Manimcha barcha Windows foydalanuvchilarda bu muammo oddiygina sichqoncha bilan hal bo'ladi, *nix da esa, yaxshigina kallani ishlatish kerak.
PS: Windowsda siqchonchasiz ishlash qiyin, *nix da terminal (console) siz ishlash qiyin.