Google o’zining birinchi ijtimoiy tarmog’ini 30 Sentabrda o’chiradi

Google dushanba kuni o’zining birinchi ijtimoiy tarmog’I bo’lgan Orkut tizimi to’xtatilishini e’lon qildi. Xizmat 2014 yil 30 Sentyabrda o’chiriladi. Ba’zilarlar uchun noxush xabar bo’lishi mumkin, lekin ko’pchilik odamlarda “Bu Orkut nima o’zi?” degan savol paydo bo’lishi tabiiy.

Orkut Googlening birinchi ijtimoiy tarmog’i bo’lgan. Xizmat 2004 yil Facebook o’zining birinchi debyutini o’tkazgan vaqt bilan bir yilda boshlangan. Ushu ijtimoiy tarmoq AQSH da hech qachon o’z o’rnini topa olmadi, lekin Braziliya va Hindiston kabi davlatlarda bir oz muddatga eng ko’p tashrif buyuruvchilarga ega bo’ldi.

Hozirda Orkut tizimida yangi akkaunt ochish imkoni yo’q va 30 Sentabrga kelib, mavjud foydalanuvchilar tizimga kira olmaydilar. Orkutga tegishli API xizmatlari ham o’chiriladi.
Mavjud foydalanuvchilar 2016 Sentyabriga qadar Google Takeout xizmati orqali o’zlarining postlari, rasmlari va shaxsiy ma’lumotlarini export qilib olish imkoniga ega.

Hozirgi vaqtda taxminan Orkutning 50 % foydalanuvchilari Braziliyadan, 20% i Hindistonda va 18% dan kamroq foydalanuvchilar AQSHda yashaydi.

Yangilik Google+ ning taqdiri noma’lum bo’liq qolayotgani ortidan keldi. Aprel oyida, Google+ direktori Vik Gundotra kompaniyani tark etayotgandi. Chunki Google+ shu vaqtgacha kutilganidek natijalarga erishmadi va haligacha eng asosiy raqibi Facebookchalik mashhur bo’la olmadi.

Нет комментариев