Javascriptda boshlang'ich ko'nikmalar (kirish).

Oldingi maqolamda men iframe haqida gapirgan va uning contentini o'zgartirish uchun javascriptdan foydalangan edim, vaholangki dasturlashni boshlovchilar uchun bu maqola tushunarsiz bo'lishini o'ylamagan ekanman. Bu gal shu aybimni yuvib, Javascript haqida 1-2ta maqola yozmoqchiman. Aytganimdek bu maqola yosh dasturchilar yoki dasturlashga endi kirib kelayotganlar uchun.
Hullas, Javascript web texnologiyada ishlatiladigan eng mashhur tillardan biri. Uning yordamida siz quyidagilarni qila olishingiz mumkin: web sahifada HTML elementlarni o'zgartirish, yangisini yaratish, o'chirish, server-client orasida malumotlar almashinuvini yo'lga qo'yish.

Eslatma: Java va Javascript bu boshqa — boshqa dasturlash tillari.Javascript hech qaysi kampaniya yoki tashkilotga tegishli deb hisoblanmaydi.

Javascriptda kod yozish uchun sizning komputeringizda browser bolishi yetarli, chunki hozirgi browserlar javascriptni hechqanday qo'shimcha narsalar(dasturlar) o'rnatishsiz kompilyatsiya qildi( Bu faqat boshlang'ich holatda, agar siz javasscript bilan professanal tarzda ishlamoqchi bo'lsangiz sizga albatta qo'shimcha kutubxonalar va datsurlar sizga as qotib qolishi mumkin).

O'zgaruvchilar va ularning turlari.

Sonli ozgaruvchi:
3.14
1001
123e5

String (matnili) o'zgaruvchi:
"bu matnli o'zgaruvchi"

Ifodali o'zgaruvchi:
5 + 6
5 * 10

Massiv o'zgaruvchi:
[40, 100, 1, 5, 25, 10]

Obyekt o'zgaruvchi:
{firstName:"John", lastName:"Doe", age:50, eyeColor:"blue"}

Funksiya o'zgaruvchi:
function myFunction(a, b) { return a * b;}

Misol:
var a = 0;           // ; har bir qator yoki biron amalning tugallanganini bildiradi
var b = 10;    
var c = a + b;       // local o'zgaruvchi
d = b - a;           // global o'zgaruvchi

var n = 101 + "matn" 
/* 
  ushbu holat hechqanday xatoliksiz ishlaydi
  n ning qiymati "101matn" ga teng bo'ladi
*/

Bu yerda a,b,c,d,n lar o'zgaruvchilar. Javascriptda o'zgaruvchilarni yaratishning 2 xil usuli mavjud bo'lib,biri
var
kalit so'zi bilan yasaladi va bu o'zgaruvchi local o'zgaruvchi bo'ladi, ikkinchi usul esa hechqanday kalit so'zsiz o'zgaruvchi e`lon qilish. Bu holda javascript bu o'zgaruvchini global content o'zgaruvchilar ichidan qidiradi, topilsa shu o'zgaruvchi bilan berilgan amallarni bajaradi, topilmasa yangidan yaratadi. O'zgaruvchilarning bunday ishlatilish farqlari haqida hali ko'p gaplashamiz. Javascriptda katta harf va kichik harflar boshqa boshqa o'zgaruvchilarni anglatadi, yani
buozgaruvchi
va
buOzgaruvchi
boshqa boshqa o'zgaruvchilar hisoblabadi.
Yuqorida ko'rrganingizday
//
1 qatorli komentariya
/* kod */
ko'p qatorli kamentariya.

Javascript haqidagi eng oddiy tushunchalar shular. Keyingi maqolalarda massiv, funksiya va obyekt kabi o'zgaruvchilar turlari haqida so'z yuritamiz.

Нет комментариев