Daniyaliklar kabel orqali rekord 43Tbit/s tezlikda ma'lumot uzatishdi
Daniyalik olimlar yagona optik-tolali kabel va birgina lazer yordamida rekord darajadagi tezlik, ya'ni 43 Tbit/s tezlikda ma'lumot uzatishga erishdilar. Bu degani 1Gb faylni 0,2 milli sekundda ko'chirish mumkin degani. Avvalgi rekord Germaniyaning Karsrue texnologik instituti olimlari tomonidan qayd etilgan va ular optik tola orqali 32 Tbit/s tezlikda ma'lumot uzatishga erishgan edilar.
Ushbu rekordni qayd etishda Yaponiyalik olimlar tomonidan yaratilgan yangi optik toladan foydalanildi. Kabelda 7 serdechnik mavjuddir.
Hozirgi kunda internet tarmog'idan foydalanish hamda ma'lumot uzatish tezligiga bo'lgan talab kun sayin katta qadam bilan oshib borayotgan pallada, Daniyaliklarning ushbu natijasi kata yutuq hisoblanadi. Bundan tashqari ushbu yutuq sababli malumot uzatishdagi elektr harajati ham bir muncha qisqarilishiga erishish mumkin.
Darvoqe, aynan ushbu olimlar tomonidan avval 1 Pbit/s (petabit) tezlikda ma'lumot uzatishga erishishgandi. Lekin, ushbu natijaga bir nechta yuzlab lazer uzatgichlarni ishga solish orqali erishgan edilar.