Internet va texnologiyar olamidagi yangiliklar haqida
  • Дата создания
    8 ноября 2013
  • Топиков
    17
  • Ограничение на постинг
    0.000

Ekstremal sayohatlar uchun smartfon: Discovery V5


Avvalo bir narsani kelishib olaylik: Xitoy mobil telefonlari deganda TVga ega, xitoycha yozuvli yoki rus tiliga noto'g'ri tarjima qilingan operatsion tizim o'rnatilgan apparat haqidagi tasavvurlar endi tarixda qoldi. Endilikda Xitoyda dunyo brendlari bilan raqobatlasha oluvchi flagman hamda budjet smartfonlar ishlab chiqarilmoqda. Shunday ekan, tasavvurni o'zgartirish vaqti keldi :)
Ushbu maqolada Chin o'lkasi vakili bo'lgan budjet smartfonni tanishtiramiz.
Читать дальше

UZTE smartfonlari va ularning Xitoydagi analoglari


Bugun Daryo internet nashri UZTE smartfonlari nihoyat sotuvga chiqqani va smartfonlarning narxlari haqida e'lon qildi. Xitoyda ishlab chiqariladigan smartfonlar harakteristikasi va narxlari bilan qiziqib yurganim uchun UZTE haqida yozmaslik mumkin emasdi. Quyida biz mahalliy mahsulot — UZTE smartfonlarining tavsifi bilan tanishib, ular bilan deyarli bir xil narxdagi Xitoy telefonlarini keltiramiz.
Читать дальше

Xbox One qurilamarida birinchi kundan texnik nosozlik kelib chiqdi


Microsoftning yangi o’yin konsoli, Xbox One, sotuvga chiqarilgandan so’ng 24 soat ichida 13 da davlatda jami bir milliondan ortiqroq miqdorda sotildi. Ko’plab odamlar do’konlar tashqarisida tuni bilan qurilmani sotib olish uchun navbatga turib kutishdi. Kompaniya boshqaruvchilarining aytishicha bu konsol judayam qiziqarli mahsulot bo’lib, ular ishlab chiqarganlari ichida eng yaxshisidir. “Xbox One ni sotib olish uchun turgan minglab xursand muxlislar va ularning o’yinga muhabbatini ko’rish, Xbox jamoasidagi har bir insonga unitilmaydigan ondir.”-deydi Microsoft matbuot kotibi Yusuf Mehdi. “Biz Xbox One konsolidan yanada ko’proq chiqarish uchun qattiq mehnat qilyapmiz” — qo’shimcha qildi u.
Читать дальше

Savollar... Qachon? Qanday qilib?

Salom blogdoshlar. Opennetdagi maqolalar bilan tanishib chiqish jarayonida menda bir savol tug'ilib qoldi. IT dunyosi, IT sohasi, IT texnologiyalar, IT bilan bog'liq fanlar yil sayin emas, soat sayin rivojlanib bormoqda. Buyilgi o'rganganlarimiz keyingi yilda deyarli eskirmoqda. Bu yil yaratilgan mahsulotni keyingi yilgacha takomillashtirish zarur. Aniq bo'lib qoldiki sohaning chegarasi yo'q, bitta mutaxassis sohadagi 2-3 ta yo'nalishni o'rganib borishi qiyin bo'lib bormoqda.
Читать дальше