Linux, MaxOS, Windows kabilar haqida
  • Дата создания
    8 ноября 2013
  • Топиков
    18
  • Ограничение на постинг
    0.000

Ubuntuda gibernatsiya(uyqu rejim)dan keyin network-manager muammosini to‘g‘irlash

Ubuntuning 13.10 versiyalarida kompyuterni gibernatsiya (hibernate) o‘zbekcha qilib aytganda uyqu rejimga o‘tkazib, kompyuterni yana ishga tushirganimizda network-manager ishlamay qoladi. Hususan bu muammoga o‘zim ham bugungacha duch kelib kelayotgandim. hozirgacha sudo killall NetworkManager qilib, Network managerni qayta ishga tushirayotgan edim. Googledan bir qidirib ko‘rdimda quyidagi yechimni topdim.
Читать дальше

Boshlovchilar uchun Linux Buyruqlar Satri bo'yicha qo’llanma


Ko’pincha buyruqlar satri bilan ishlashni eskirgan usul degan gaplarni eshitib qolamiz. Lekin bu usul Linuxda vazifalarni bajarishning eng elastik va kuchli yo’li hisoblanadi. Masalan, biror katalogdagi (hamda uning ichki kataloglari) hamma .doc fayllarni qidirib va ularni o’chirmoqchi bo’lsangiz, bu grafik interfeys orqali bir necha qadam bo’lishi mumkin. Linux buyruqlar satri orqali esa bu bir necha soniyaga boradi xolos.
Ushbu maqolada, Linux buyruqlar satri asoslari, katalog navigatsiyasi, fayl/katalog operatsiyalari haqida gaplashamiz.
Читать дальше

Windows Server 2003 ga Driver integratsiya qilish

To'g'risi inson hayoti davomida har xil muammolarga duch kelar ekan. Shu vaqt bizga google yordamga keladi. Muammoni xal qilganimizdan keyin agar xotira zo'r bo'lsa good! lekin xotira pastroq bo'lsa vaqtlar o'tib xal qilish yo'li yoddan chiqar ekan. Shunda yana qaytadan google ni bezovta qilib bekorga vaqt o'tkazmaslik uchun «yon daftarga» yozib qo'yish eng yaxshi yo'ldir. Lekin qaniydi bunga «vaqt», aniqrog'i стимуляция bo'lsa, lekin opennet.uz ga o'xshagan bloglar yozadigan saytlar bor ekan стимуль ozroq bo'lsada uyg'onmoqda :) Xullas, ushbu ko'rmoqchi bo'lgan maqolamizda Windows Server 2003 Operatsion tizimiga Driver integratsiya qilamiz.
Читать дальше

WINDOWS 7 - "Родительский контроль"

Ko'pchilik xollarda ota-onalar o'z farzandlarini har xil yomon narsalardan himoyalab, kompyuterlariga parol qo'yishadi, yoki shunga o'xshash boshqa cheklovlarni o'rnatishadi, Ana shunday cheklovlardan biri «Родительский контроль» bo'lib, ushbu maqolachada uning windows 7 da o'rnatish, va ba`zi imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Читать дальше

Apache Nginx ortida

Assalomu alaykum, hurmatli Opennetchilar! Men bu maqolani uzoq tanaffusdan keyin, xuddi birinchi marta maqola yozayotganday yozayapman. Shuning uchun maqolada ortiqchalik yoki kamchiliklar bo'lsa ma'zur tutgaysizlar.

Maqolaning kirish qismi balki sizga uzunroqday tuyular, ammo o'quvchini men ushbu maqolada nima haqida yozishim haqida to'laroq tasavvur hosil qilishi va u nimalarga yechim bo'lishi haqida ko'proq narsa bilishini xohlaganim sababli shunday qildim.

Eslatma: Ushbu maqola Apache nimaligini va uni o'rnatib vhostlarni yaratib ishga tushirishni biladigan kishilarga mo'ljallangan.

Oramizda loyihalarini o'zlarining serverlarida yoki VDS/VPS (Virtual Dedicated/Private Server)larida web server ko'tarib ishga tushurgan kishilar ham bor. Ana shunday vaziyatlarda web sayt, loyihalar bilan ishlagan kishilar ilgari uchramangan ba'zi yangicha muammolarga duch kelishadi. Shulardan biri bu — resurs yetishmasligi, ya'ni loyihaning sifatli va bardavom ishlashi uchun server sifatida ishlatilayotgan kompyuterning fizik quvvati yetishmay qolishi kabi holatlardir.
Читать дальше

10 minutda windows ustanovka qilish!

Ko'pchilik kompyuterini ishlatish mobaynida uni «eng yaxshi» xolatga keltiradi. Yani, xar xil dasturlar o'rnatadi, kerakmaslarini o'chiradi, windowsni nastroykalarini to'girlaydi va behosdan tizim fayllari o'chib ketib qolsa (masalan, virusdan), keyin bu ishlarni yana qaytadan qilib chiqishga to'g'ri keladi. buni oldini olish uchun quyidagicha yo'l tutish mumkin
Читать дальше