Apache Nginx ortida

Assalomu alaykum, hurmatli Opennetchilar! Men bu maqolani uzoq tanaffusdan keyin, xuddi birinchi marta maqola yozayotganday yozayapman. Shuning uchun maqolada ortiqchalik yoki kamchiliklar bo'lsa ma'zur tutgaysizlar.

Maqolaning kirish qismi balki sizga uzunroqday tuyular, ammo o'quvchini men ushbu maqolada nima haqida yozishim haqida to'laroq tasavvur hosil qilishi va u nimalarga yechim bo'lishi haqida ko'proq narsa bilishini xohlaganim sababli shunday qildim.

Eslatma: Ushbu maqola Apache nimaligini va uni o'rnatib vhostlarni yaratib ishga tushirishni biladigan kishilarga mo'ljallangan.

Oramizda loyihalarini o'zlarining serverlarida yoki VDS/VPS (Virtual Dedicated/Private Server)larida web server ko'tarib ishga tushurgan kishilar ham bor. Ana shunday vaziyatlarda web sayt, loyihalar bilan ishlagan kishilar ilgari uchramangan ba'zi yangicha muammolarga duch kelishadi. Shulardan biri bu — resurs yetishmasligi, ya'ni loyihaning sifatli va bardavom ishlashi uchun server sifatida ishlatilayotgan kompyuterning fizik quvvati yetishmay qolishi kabi holatlardir.
Читать дальше

Salom Python

python
Xammaga salom,
shu kunlarda pythonda ko'p ishlashimga to'g'ri kelyapti. Bilmaganlar uchun bu erdagi Python bu ilon emas, a dasturlash tili. Bu judayam keng tarqalgan tillardan biri bo'lib linux tizimidagi ko'p programmalar shu tilda qilingan. Undan tashqari bu tilda Web saytlar xam ko'p ishlab chiqilmoqda. Pythonda web uchun asosan django, tornado va hakozo frameworklari mavjud. Python seriasidagi maqolalarni xozircha uzun qilib yozish niyatim yo'q. 0 dan o'rganishni istaganlar bo'lsa bemalol qo'shilib commentlarda yoki forum.opennet.uz da savollarini berishi mumkin. Bugungi maqolamda ananalarga ko'ra «Salom Dunyo»dan boshlayman.
Читать дальше

PHP: Ko'chirish tezligini chegaralash.

Salom. Anchadan beri ayrim sabablarga ko'ra maqola ham yoza olmadim. Bugun o'ylab-o'ylab nima haqida yozishni topdim. Manimcha bu narsa ko'pchilikka ham zarur bo'ladi. Hozirgi kunda Tas-Ix ham rivojlanib bormoqda va ko'pchilik yangi sayt ochayotganlar saytimdan nimalarni ko'chirishdi va har bir ko'chiruvchiga cheklangan ravishda tezlik berish haqida o'ylasa kerak.

Keling bugun shu muammolarni PHP da hal qilib bersam.
Читать дальше

Sahifalarni Ijtimoiy tarmoqlarda “ulashish”

Odatda yangiliklar saytida yoki bloglarda ko’pincha “share” yoki “podelitsya” ya’ni o’zbekcha qilib aytadigan bo’lsak “ulashish” degan ssilkalarni ko’rib qolamiz. Buning ma'nosi, mana shu sahifadagi ma’lumotni ijtimoy tarmoq sahifalarida qisqacha shaklda chiqarishdir. Agar siz ham o’z sahifangizdagi maqola yoki yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarga “share” qilmoqchi bo'lsangiz, ushbu maqolani bir ko’rib chiqing.
Читать дальше