RedHat vs Debian: Administrator nuqtai nazarida

Bu maqola quidagi tecmint.com saytidagi maqoladan tarjima qilindi.

Hozirda ko'plab erkin va bepul Linux distributivlari mavjud. Har bir Linux qiziquvchisi qaysidir distributivga o'zining mehri bor. Ushbu maqola ko'zda tutilgan maqsad RedHat (Fedora, CentOS) va Debian(Ubuntu) larni Administrator nuqtai nazaridan solishtirishdir. RedHat tijoriy Linux Distributivi bo'lib, dunyo bo'ylab serverlarda eng ko'p ishlatiladi. Fedora o'zining har 6 oyda chiquvchi «bleeding edge» (texnologik rivojlanishning eng oldingi o'rni) texnologiyasi realizatsiya qilish bilan mashhur bo'lgan RedHatning testlash labaratoriyasidir.
Читать дальше

Apache Nginx ortida

Assalomu alaykum, hurmatli Opennetchilar! Men bu maqolani uzoq tanaffusdan keyin, xuddi birinchi marta maqola yozayotganday yozayapman. Shuning uchun maqolada ortiqchalik yoki kamchiliklar bo'lsa ma'zur tutgaysizlar.

Maqolaning kirish qismi balki sizga uzunroqday tuyular, ammo o'quvchini men ushbu maqolada nima haqida yozishim haqida to'laroq tasavvur hosil qilishi va u nimalarga yechim bo'lishi haqida ko'proq narsa bilishini xohlaganim sababli shunday qildim.

Eslatma: Ushbu maqola Apache nimaligini va uni o'rnatib vhostlarni yaratib ishga tushirishni biladigan kishilarga mo'ljallangan.

Oramizda loyihalarini o'zlarining serverlarida yoki VDS/VPS (Virtual Dedicated/Private Server)larida web server ko'tarib ishga tushurgan kishilar ham bor. Ana shunday vaziyatlarda web sayt, loyihalar bilan ishlagan kishilar ilgari uchramangan ba'zi yangicha muammolarga duch kelishadi. Shulardan biri bu — resurs yetishmasligi, ya'ni loyihaning sifatli va bardavom ishlashi uchun server sifatida ishlatilayotgan kompyuterning fizik quvvati yetishmay qolishi kabi holatlardir.
Читать дальше

UZTE smartfonlari va ularning Xitoydagi analoglari


Bugun Daryo internet nashri UZTE smartfonlari nihoyat sotuvga chiqqani va smartfonlarning narxlari haqida e'lon qildi. Xitoyda ishlab chiqariladigan smartfonlar harakteristikasi va narxlari bilan qiziqib yurganim uchun UZTE haqida yozmaslik mumkin emasdi. Quyida biz mahalliy mahsulot — UZTE smartfonlarining tavsifi bilan tanishib, ular bilan deyarli bir xil narxdagi Xitoy telefonlarini keltiramiz.
Читать дальше

Javascriptda boshlang'ich ko'nikmalar (kirish).

Oldingi maqolamda men iframe haqida gapirgan va uning contentini o'zgartirish uchun javascriptdan foydalangan edim, vaholangki dasturlashni boshlovchilar uchun bu maqola tushunarsiz bo'lishini o'ylamagan ekanman. Bu gal shu aybimni yuvib, Javascript haqida 1-2ta maqola yozmoqchiman. Aytganimdek bu maqola yosh dasturchilar yoki dasturlashga endi kirib kelayotganlar uchun.
Читать дальше

Linuxda WiFi tarqatish nuqtasini yaratish

Ishda telefonim uchun internetni WiFidan foydalanaman. Asosan o`sha siz biladigan Windowsdagi Connectify-me dasturi orqali. Linuxda (Debian) ishlagan paytlarim muammo bo`layotgandi. Mana shu dasturga Linuxda ekvivalent dasturlarni qarab chiqib hostapd dasturini tanladim va uni sozlashga ham ikki soat vaqtim ketti, albatta u-bu resurslarga qarab. Ushbu postda mana dasturni sozlashni ko`rib o`tamiz.
Читать дальше

Boshlovchilar uchun Linux Buyruqlar Satri bo'yicha qo’llanma


Ko’pincha buyruqlar satri bilan ishlashni eskirgan usul degan gaplarni eshitib qolamiz. Lekin bu usul Linuxda vazifalarni bajarishning eng elastik va kuchli yo’li hisoblanadi. Masalan, biror katalogdagi (hamda uning ichki kataloglari) hamma .doc fayllarni qidirib va ularni o’chirmoqchi bo’lsangiz, bu grafik interfeys orqali bir necha qadam bo’lishi mumkin. Linux buyruqlar satri orqali esa bu bir necha soniyaga boradi xolos.
Ushbu maqolada, Linux buyruqlar satri asoslari, katalog navigatsiyasi, fayl/katalog operatsiyalari haqida gaplashamiz.
Читать дальше

Dasturlash tillariga oid o'zbekcha kitoblar(TAS - IX)

Sardor Dushamov
Quyidagi kitoblarning barchasini TAS IX dan yuklab olish mumkin.
Bu ro'yxatga yana boshqa kitoblarni ham qo'shishga harakat qilamiz.
Agar sizga quyida keltirilgan kitoblardan boshqa o'zbek tilidagi yaxshi kitoblar bo'lsa, uni ham qo'shib qo'yishimiz mumkin.
Kitoblarni dsq2190@gmail.com ga yuborishingiz mumkin. Biz siz yuborgan kitoblarni ham ushbu ro'yhatga qo'shib qo'yamiz
Читать дальше