Публикации

SEO ichki sozlamalar

Barchaga alangali salom, anchadan beri blogga tuzukroq(foydaliroq) maqola qo`sha olmadim. Mana xozir ayni shu 18:51 da hayolimga SEO haqida maqola yozish kelib qoldi.
SEO — Search Engine Optimization — Qidiruv Sistemalari Optimizatsiyasi — Saytingizni qidiruv sistemalari(Google, YAndex, Bing, Yahoo va h.k) uchun qulay usulda moslashtirish haqida alohida FAN desak ham bo`ladi.
Читать дальше

SPAM ning ma`nosi SPAM emas :)

SPAM

ni 1937 — yilda Hornel Foods nomli firmaning konservalangan maxsulotlari tushunilgan. Bu nom va reklama bilan maxsulot judayam tez rivojlanib ketdi. Firma reklamaga judayam katta e`tibor bergani sababli har qanday gazetaga o`z maxsulot reklamasini joylashtirgan. AQSHliklar redaksiyaga bir necha bor «SPAM» maxsuloti reklamasi deb maqolalar o`qishga qiynalyapmiz, hammayoq shu reklama bilan to`ldirilgan deya arz qilishgan. Maxsulot sifati unchalik zo`r bo`lmasa ham, reklama orqali maxsulot «uchar edi». Hornel Foods konservalari kichik kafe hamda uy bekalari ovqatlari uchun ajoyib qo`shimcha sifatida ishlatilar edi. Hullas hamma yerda SPAM konservalari, undan qochib qutulish mumkin emas edi. Lekin bunday omad har doim ham kelavermaydi. Boshida SPAM ni oziq ovqat maxsuloti deyishgan bo`lsa, xozirda xar qanday takrorlanuvchi va jonga teggan internet reklama ma`lumotlari deya qarashadi. Oziq ovqat sanoatidan internet jamoatiga :).
Manbaa: 7FAKT
Читать дальше

Nega sichqoncha kursori qiyshiq ?

Doim ishlatamizu lekin e`tibor bermaymiz. Nega endi sichqoncha ko`rsatkichi tekin emas balki 45gradusga qiyshiq?.. Oddiy foydalanuvchi bir forumda shu savolni berganda qanchadan qancha IT ustalari bosh qotirishgan va ulardan bittasigina javob bera oldi. Sichqonchani ixtiro qilgan birinchi shaxs Duglas Engelber hisoblanib u sichqoncha ko`rsatkichini 90gradus ya`ni tik vertikal xolatda qilsak yaxshi va mantiqga to`g`ri keladi deya ta`kidlagan.
7fakt.ru_nega_sichqoncha_qiyshiq

Ushbu ixtironi grafik interfeysda birinchi bo`lib XEROX kompaniyasi ishlatib ko`rgan. Usha davrda ekranlar kengligi judayam kichkina bo`lgani sababli sichqoncha ko`rsatkichini vertikal ravishda aniqlash va u bilan kerakli piksellarni belgilash judayam mushkul vazifa edi. Shunda injenerlardan biri ajoyib fikr berdi. Kelinglar shu ko`rsatkichni 45 graduska qiyshaytiramiz!!!.. Ana xolos 30 yil o`tdi lekin xali xamon shu 45 gradus saqlanib qolgan :)
Manbaa:7Fakt
Читать дальше

PHP avtotekshiruvchi

Barchaga hayrli kun. Bugun ertalab turib shu blogga maqola qo`shish haqida o`ylab qoldim lekin mavzu ko`pligi sababli qaysi birini qo`yishni bilmayotgan edim.

PHP da avtotekshiruvchi

— saytga kiritilayotgan har qanday ma`lumotni tekshiradi. Ya`ni $_POST va $_GET orqali kiritilgan ma`lumotlarni. Nimaga kerak? Har doim oddiy kod yozaverib charchab ketganlar uchun qandaydir ma`noda yangilik. Formadan kiritilgan ma`lumotlarni qayta ishlab, ularni mavjudligiga tekshirish oson, qachonki ular kam bo`lsa. Agar POST orqali 10 ta ma`lumot kiritilsa ularni barchasini mavjudligiga tekshirish uchun !empty() dan juda ko`p bor foydalanishga to`g`ri keladi.
Читать дальше

Xotirani mustahkamlaymiz, kodlarni eslab qolish kerakku )

O`rta hisobda inson 20 daqiqa oldin eshitgan narsasini 30% ini, yarim soat oldin eshitgan narsani 50% ini esidan chiqarib qo`yadi.
Quyida xotirangizni mustahkamlash uchun eng kerakli amallar hamda mashqlar:
1.Miyya mashqi
Krosvordlar, og`zaki hisoblash, mantiqiy misollarni yechish hamda biron masalani har tomonlama o`ylab ko`rish inston miyyasini charxlaydi. Miyya zo`riqib ishlayversa u shunday bosimga o`rganib qoladi va natijada har qanday ma`lumotni saqlab qoladi
Читать дальше

PHP dasturlash, 2 yil davomidagi saboqlarim

Ushbu maqola mening blogimdagi birinchisi bo`lgani sababli urushmaysizlar degan umiddaman :).
Quyidagi maqola men qilgan xatoliklar va ular orqali olgan saboqlarim haqida. Kim uchundir balkim qo`l kelib qolar. Men takrorlagan hatolikni takrorlamasdan uning oson yechimidan foydalanasiz degan umiddaman.
1. Saboq: Hech qachon skriptni kelajagini o`ylamasdan tuzmang!!!
Dasturlash kimningdir qo`shimcha kimningdir asosiy manbai hisoblanadi. Unda mijoz bergan buyurtmani maksimal tez va sifatli qilib bajarish lozim. Lekin vaqtdan yutaman deb skriptni faqat xozirini o`ylab tuzish yaramaydi. Menga tushgan buyurtmalar bir vaqtni o`zida 2 3 ta bo`lgani sababli iloji boricha tez bitirishga harakat qilar edim. Kodlarni bir birini ichiga tiqib, ortiqcha fayl ishlatmaslik uchun hammasini case larni ichiga tiqar edim. Natija? Natijada kodni umuman boshqarib bo`lmaydigan bo`ldi va unga qo`shimcha ham kiritib bo`lmas edi. Menga buyurtma bergan mijozlar dastlab berilgan buyurtmaga o`zgartiirsh kiritishni so`raganlarida har safar boshqatdan yozib chiqar edim :(.
Читать дальше