Публикации

Yii framework haqida

Yii – bu ko`p tarmoqli web ilovalar qurish uchun yuqori sifatli komponentlar asosidagi PHP – framework strukturasidir. U katta kodlardan qayta va qayta foydalanishda moslashuvchanlikni va web ilovani tezkoriligini oshirishiga imkon beradi. Qisqa qilib aytganda oddiy, samarali va keng ko`lamli php – framework.
Keling PHP frameworklarning o`zaro imkoniyatlarini chamalangan holda ko`rib chiqaylik.

Frameworklarning solishtirma nusxasi

· MVC: Model-View-Controller arxitekturasi bo`yicha qurish imkoniyatiga ega.
· Multiple DB's: Bir ma`lumotlar omboridan boshqa bir qancha ma`lumotlar omboriga o`zgartirishlarsiz amalga oshirilishi xususiyatiga ega.
· ORM: ActiveRecord da ma`lumotlar obyekti bog`lanishi arxitekturasini amalga oshirish.
· DB Objects: Ma`lumotlar ombori bilan ishlash xususiyatiga ega. ( Insert, Delete, Update kabilar)
· Templates: Qurilgan shablonlar mexanizmi frameworkiga ega.
· Caching: Berilgan obyektlarni keshlash yoki shu kabi boshqa uslubdagi keshlashga ega.
· Validation: Ma`lumotlar oqimini tekshirish yoki filtrlash xususiyatiga ega.
· Ajax: Frameworkda ajax tehnologiyasi orqali ishlash xususiyatiga ega.
· Auth Module: Foydalanuvchilarni authentication qilishda o`zining maxsus moduliga ega.
· Modules: Frameworkning o`zida maxsus komponentlarga ega (misol uchun: PDF bilan ishlash moduli, RSS moduli). Ya`ni foydali komponentlar jamlanmasi
· EDP: Event Driven Programming. Eventlar bilan ishlash xususiyatiga ega. Misol uchun jquery kutubxonasining click, dbclick eventlari kabi.

Qo`shimcha ma`lumot: Har bir framework o`zining biznes logikasiga ega va bu logika frameworkning qaysidir qismida yotadi. Yiining biznes logikasi Modelda joylashgan. Biznes logika deganda — qurilayotgan web ilovaning asosiy qismini tashkil qiluvchilari tushuniladi. Masalan: Validation, beforeSave, afterSave kabilar shular jumlasidan.

Manba: uzyiiblogspot.com dan olindi.
Читать дальше