Публикации

Bayramga Google'dan eksklyuziv sovg‘a



Amerika bilan O’zbekiston orasi o’n besh ming chaqirim. Avstraliya bilan Kanada orasi yigirma ming chaqirim. Ammo amerikalik senatorning xotini o’z farzandini o’zbekistonlik dehqonning xotinidan kamroq yaxshi ko’rmaydi. Avstraliyalik aborigen ayol o’z farzandini kanadalik millioner ayoldan ko’proq yaxshi ko’rmaydi.
O‘tkir Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan 

 Yuqoridagi so‘zlar Google'ning bugungi dudli uchun juda mos tushadi. Butun dunyodagi barcha ayollar o‘z tillarida bayram bilan tabriklashlari va quvnoq musiqa bayram shukuhini ajoyib tarzda bag‘ishlab turibdi.
Fursatdan foydalanib, barcha ayollarni bayramlari bilan chin yurakdan tabriklayman!
Читать дальше

CSS yordamida menyu animatsiyasini yaratamiz

Maqola o‘zimga o‘xshagan boshlang‘ich verstalshik va web-dasturchilarga qandaydir foyda beradi, degan umidda yozdim.
Ko‘pchilik animatsiyalar odatda jQuery orqali qilinadi. Lekin buning bitta yomon tomoni bor: agar javascript ishlamaydigan qilingan bo‘lsa yoki umuman javascriptni qo‘llamaydigan brauzer bo‘lsa, web-sahifangizning bor go‘zalligi havoga uchadi. Demak, imkoni boricha animatsiyalarni CSS’da qilgan ma’qul.
Читать дальше

jQuerydan 5 ta foydali maslahat

Salom dunyo!
Hozirda HTML, CSS’dan o‘tib, jQuery’ni o‘rganayapman. Quyida o‘zim uchun kashf qilgan juda sodda va foydali maslahatlarni yig‘ib chiqdim. Maqola yangi foydalanuvchilar uchun “ajoyib” deb o‘qib chiqishga, professionallar uchun esa “yomonmas” deyishga arzigulik chiqsa, maqsadimga yetgan bo‘laman.
Barchamizga ma’lumki, JavaScriptning bitta animatsiya yoki HTML-sahifaga bog‘lanishi uchun uzundan-uzoq kod yozish zarurligi, bunda yozilgan kodning barcha brauzerlarda (cross-browsing) bir xil ishlashini ta’minlash qiyinroq masala. Bu hol foydalanish uchun qulay library’larni ommalashtirib yubordi. Shu jumladan jQueryni ham. U yangi dasturlash tili emas, shunchaki judayam sodda va tushunarli tuzilgan kutubxona, xolos. jQuery’ni o‘rganish uchun 1-2 ta kitoblarni, onlayn darslarni titib chiqib, eng samaralisi 30 kunda jQueryni o‘rganish (30 days to learn jQuery) video-darsi ekanligini tushundim. Hali o‘rganishni boshlamagan do‘stlarimga shundan o‘rganishni tavsiya qilaman.

Читать дальше