5G tarmog‘i orqali ma’lumotlarni 5 gigabit tezlikda yuborish tajribadan o‘tkazildi

Ericsson kompaniyasi 5G tarmog‘i orqali ma’lumotlarni sekundiga 5 gigabit tezlikda yuborishni tajribadan o‘tkazdi. Bu haqda CNET xabar beradi.
5G
Tajriba Shvetsiyada o‘tkazilib, unda yaponiyaning NTT Docomo va Janubiy Koreyaning SKTelecom kompaniyalari ishtirok etdi.

5 gigabit/sekund tezlik bugungi kundagi 4G tezligidan 250 barobar kattadir. Bunday tezlik smartfonlardan tashqari avtomobil, tibbiyot uskunalari, va boshqa qurulmalar uchun ham zarur.

“Agar 4G odamlarni birlashtirishga yordam bergan bo‘lsa, 5G hamma narsalarni birlashtiradi”, — dedi Joxan Uiberg, Ericsson kompaniyasining vakili.

5 gigabit/sekund tezlik orqali 50 GB kattalikdagi filmlarni 80 sekundda yuklab olish mumkin bo‘ladi.

“Ericsson 4G tezlikdan 5G tezlikka o‘tish bo‘yicha yetakchi ekanligini ko‘rsatishi kerak. Biz bu tajribani hayotga tadbiq eta olamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Uiberg.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu texnologiya 2020-yildan so‘ng keng ommaga taqdim etilishi kutilmoqda.

P.S.: Fikrimcha 5 yildan keyin «SengaErYuqsin» kompaniyasini sinovini o'zimizadayam, yoki chetga chiqib bo'sayam sinab ko'rishimiza mumkin bo'larkan (agar mobil operatorla o'sha paytgacha rivojlansa bizada...)
Читать дальше