AKT sohasi rivojiga o'z hissangizni qo'shing

Komp
Hurmatli barcha kompyuter ustalari, opennet.uz sayti foydalanuvchilari va hurmatli admin Men oddiy bir web sohasi ixlosmandiman yani shu sohaga juda qiziqaman. Hozir menga o'hshaganlar yurtimizda ko'plab topiladi. Web sohasini o'rganish esa tinimsiz izlanishlarni talab qiladi. Bunday insonlar axborot texnologiyalari yangiliklaridan bir qancha vaqtga orqada qolar ekan u albatta texnika sohasida ancha orqada qolib ketadi. Kopyuter sohasida bilimlari yuqori insonlar ham yurtimizda ko'plab topiladi. Meni fikrimcha kompyuterni 100% bildigan inson hozirgi kunda bo'lmasa kerak, lekin albatta bir inson bilmagan narsani albatta boshqasi biladi deb o'ylayman. Talabalik davrimda bir loyihani yaratishni o'z oldimga maqsad qilib qo'ygandim, UzGNU loyihasini bu loyihada men dasturlash sohasidagi boshlovchilar va professionallar orasida ko'prik o'rnatishni ya'ni shunday web sayt yaratmoqchi edimki unda dasturlash sohasi vakillari kompyuter ustalari o'zi ishi davomida kichik dasturlarini, yoki to'liq tugallanmay qolib ketgan dasturlarini joylashtirishi uni muxokamaga qo'yishini va o'z muammolarini shu saytda hal qilishini hohlardim, ammo bazida vaqt bazida esa tajriba yetishmadi. Hullas loyiha amalga oshmadi. Bu maqola orqali nima demoqchiman: hozirda kompyuter sohasini o'rganishda videokurslar juda katta ro'l o'ynaydi va bunday videolar chet-el saytlarida boshqa tilda bo'lsa ham juda ko'plab topiladi, ammo ko'plab insonlarini bunga imkoniyati yo'q bunday deyishimga sabab kompyuter, dasturlashga qiziqadiganlarni ko'pchiligi talabalar aksariyati TATU talabalaridir. O'zbekistonda hozirgi kunda tas-ix tarmog'i rivojlanib boryapti, ko'plab insonlar bu tarmoqda asosan ko'ngilochar narslar kino,o'yinlar uchun foydalanishyapti.
Taklif: har bir kompyuter ustasi ozgina vaqtini sarflab bilgan narsalarini video kurs sifatida saytga joylasa, va bunday loyihalar reytingi yaratilsa bu albatta kimlar Yurtimizda bu sohani ustalari ekanligi aniqlansa maqsadga muofiq bo'lardi va bu harakatlar O'zbekistonda kompyuter sohasi rivozjida ancha o'sish bo'lardi. Bu albatta meni fikrim yana bilmadim.
Читать дальше

Yii framework haqida

Yii – bu ko`p tarmoqli web ilovalar qurish uchun yuqori sifatli komponentlar asosidagi PHP – framework strukturasidir. U katta kodlardan qayta va qayta foydalanishda moslashuvchanlikni va web ilovani tezkoriligini oshirishiga imkon beradi. Qisqa qilib aytganda oddiy, samarali va keng ko`lamli php – framework.
Keling PHP frameworklarning o`zaro imkoniyatlarini chamalangan holda ko`rib chiqaylik.

Frameworklarning solishtirma nusxasi

· MVC: Model-View-Controller arxitekturasi bo`yicha qurish imkoniyatiga ega.
· Multiple DB's: Bir ma`lumotlar omboridan boshqa bir qancha ma`lumotlar omboriga o`zgartirishlarsiz amalga oshirilishi xususiyatiga ega.
· ORM: ActiveRecord da ma`lumotlar obyekti bog`lanishi arxitekturasini amalga oshirish.
· DB Objects: Ma`lumotlar ombori bilan ishlash xususiyatiga ega. ( Insert, Delete, Update kabilar)
· Templates: Qurilgan shablonlar mexanizmi frameworkiga ega.
· Caching: Berilgan obyektlarni keshlash yoki shu kabi boshqa uslubdagi keshlashga ega.
· Validation: Ma`lumotlar oqimini tekshirish yoki filtrlash xususiyatiga ega.
· Ajax: Frameworkda ajax tehnologiyasi orqali ishlash xususiyatiga ega.
· Auth Module: Foydalanuvchilarni authentication qilishda o`zining maxsus moduliga ega.
· Modules: Frameworkning o`zida maxsus komponentlarga ega (misol uchun: PDF bilan ishlash moduli, RSS moduli). Ya`ni foydali komponentlar jamlanmasi
· EDP: Event Driven Programming. Eventlar bilan ishlash xususiyatiga ega. Misol uchun jquery kutubxonasining click, dbclick eventlari kabi.

Qo`shimcha ma`lumot: Har bir framework o`zining biznes logikasiga ega va bu logika frameworkning qaysidir qismida yotadi. Yiining biznes logikasi Modelda joylashgan. Biznes logika deganda — qurilayotgan web ilovaning asosiy qismini tashkil qiluvchilari tushuniladi. Masalan: Validation, beforeSave, afterSave kabilar shular jumlasidan.

Manba: uzyiiblogspot.com dan olindi.
Читать дальше

YII framework ni Denwerga o’rnatish!


Har doimgidak an’anamga sodiq qolgan holda Yii framework haqida qisqacha to’xtalib o’tib uni windows os muhitida denwer paketiga qanday qilib o’rnatish kerakligi haqida yozaman. Yangilikka intilib yashash degani bu sen har bir ishda birinchisan deganidir. Stiv Jobsni bir gapi bor ediku “Har doim yangi texnologiyadan foydalan yoki foydalanmasang ham oldingda tursin” (Aniq nima degani esimda yo’q J ). Biz ham dasturlashda har doim yangi texnologiyalardan foydalanishga harakat qilamiz.
Читать дальше

YIi da ma’lumotlar bazasi tranzaksiyalari bilan ishlash

Ma’lumotlar bazasi bilan ishlayotganimizda ba’zida ma'lumotlar bazasiga bir vaqtning o’zida minglab so’rov yuborishga to’g’ri keladi. Bugun men shu holatga duch keldim. Ya’ni, jadvaldagi bir ustundagi ma’lumotga murojat qilib, undagi qiymatni mos xolda kerakli qiymatga o’zgartirishga to’g’ri keldi. Jadvaldagi qatorlar soni 2000 dan ortiqroq.
Читать дальше

Yii da avtorizatsiya

Salom. Ushbu maqola buyurtmaga asosan yozildi. So'ralgan narsa juda ham aktual mavzulardan biridir. Ya'ni Yii da foydalanuvchilar bilan ishlash. Agar CMS larni qarasangiz deyarli hammasida foydalanuvchilar bilan ishlash bir xil texnologiya bilan amalga oshirilgan. Umuman foydalanuvchilar bilan ishlashda siz PHP SESSION ni bilishingiz kerak bo'ladi.
Читать дальше