Dasturlash tillariga oid o'zbekcha kitoblar(TAS - IX)

Sardor Dushamov
Quyidagi kitoblarning barchasini TAS IX dan yuklab olish mumkin.
Bu ro'yxatga yana boshqa kitoblarni ham qo'shishga harakat qilamiz.
Agar sizga quyida keltirilgan kitoblardan boshqa o'zbek tilidagi yaxshi kitoblar bo'lsa, uni ham qo'shib qo'yishimiz mumkin.
Kitoblarni dsq2190@gmail.com ga yuborishingiz mumkin. Biz siz yuborgan kitoblarni ham ushbu ro'yhatga qo'shib qo'yamiz
Читать дальше

Dasturlashni qanday o'rgandim?

Salom. Dasturlashni o‘rganamiz — qanday? maqoladagi izohlardan kelib chiqib o'zim dasturlashni qanday o'rganganim haqida yozmoqchiman. Chunki kimdir MATEMATIKA juda kerak desa yana kimdir MATEMATIKA dasturlashga umuman aloqasi yo'q deydi.

Shu har xil gaplardan kelib chiqib man o'zimning dasturlashga bag'ishlagan 12 yilim haqida gapirmoqchiman. Balki shunda MATEMATIK kerakmi? yo'qmi? degan savolga javob topilib qolar.
Читать дальше

Dasturlashni o‘rganing: Bu haqda sizga maktabda o‘qitishmaydi!

Amerikadagi Code.org notijorat tashkiloti dasturlashning sodda va foydali ekanligi haqida videorolik tayyorladi. Ushbu rolikda Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts, Facebook asoschisi Mark Sukerberg, kompyuter o‘yinlarini ishlab chiquvchi Valve kompaniyasi rahbari Geyb Nyuell va boshqa bir qator mashhur dasturchilar suratga tushishgan.

<video>  mover.uz/video/embed/gvXHKv1/</video> 

Loyiha qatnashchilarining so‘zlariga ko‘ra, dasturlash asoslarini o‘rganish matematikachalik qiyin emas. Rolikda dasturchilardan tashqari taniqli professional basketbolchi Kris Bosh va mashhur musiqachi Will.i.am ham suratga tushgan. Ularning ta’kidlashicha, dasturlash asoslarini o‘rganish barchamiz uchun zarurdir, chunki zamonaviy dunyoda odamlar har doim kompyuter bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.

Rolikning g‘oyasi shundan iboratki, kim dasturlashni bilsa, u osongina yaxshi ish topishi mumkin. Mark Sukerbergning ta’kidlashicha, u barcha qobiliyatli dasturchilarni Facebook’da ko‘rishdan mamnun bo‘ladi.

Microsoft ushbu rolikni kinoteatrlarda, Mark Sukerberg – Facebook orqali, Google kompaniyasi esa YouTube servisida tarqatishga ko‘mak berishini aytib o‘tishgan.

Xo‘sh, videorolikni ko‘rib qanday fikrga keldingiz? Haliyam dasturlashni o‘rganmoqchi emasmisiz?
Читать дальше

Androidda tezkor emulator. Genymotion virtual mashinasidan foydalanish.

Hozirgi kunda ko'pchilik dasturchilar (o'z navbatida qiziquvchan talaba va foydalanuvchilar) Android tizimida loyihalar yaratishmoqda. Ushbu maqolani yozishimdan asosiy maqsad, Android da yaratilgan loyihalarni tezkor kompilyatsiya qilishni o'rgatish bo'lib, bu maqola ko'pchilik foydalanuvchilarga yordam beradi degan umiddaman.

Demak, shuni aytib o'tishimiz mumkinmki, Android da ko'pchilik foydalanuvchilarimiz kompilyatsiyani AVD (Android Virtual Device) emulator orqali amalga oshiradi va bunda natija chiqishini azgina kutish kerak bo'ladi. Ushbu kamchilikni sezilarli darajada bartaraf etish uchun Genymotion virtual mashinadan foydalanishimiz mumkin. Quyida Genymotion ni o'rnatib undan foydalanish ketma-ketligini ko'rib chiqamiz.
Davomini o'qish

Kirish. Android dasturlash!

Xayrli kun!
Ushbu blogda anchagina Android dasturlashga doir maqolalar qo’shilgan ekan. Men ham bu blogga o’zim o’rganib kelayotgan Android dasturlashga oid bilimlarimni yozmoqchiman. Albatda bu maqolalarim boshlovchilar uchun! Ish bor joyda kamchilik bo’ladi albatda va mening maqolamda ham kamchiliklar bo’lsa mulohazalarda qoldirishingiz mumkin.
Читать дальше

Ish jarayonida vaqtdan unumli foydalanish


Kundalik ish kuni: Ko'pgina dasturchilar ertalab ofisga kelgach birinchi navbatda bugungi qilinishi kerak bo'lgan vazifalar ro'yhatini ochmasdan, internetda fb/tw/ok kabi ijtimoiy tarmoqlarga kirib 1soatga yaqin vaqtni isrof qilishadi. Vaholanki aqliy faoliyat uchun eng yaxshi vaqt 10:00-12:00 oralig'i hisoblanadi. Tartibsizlik kun bo'yi davom etadi. 13:00dan keyin tushlik, tushlikdan so'ng esa yana ijtimoiy tarmoq uchun yarim soatcha vaqt, kod yozish jarayonida turli xil chatlardan keladigan xabarlar bilan chalg'ish… xullas kun ohiriga kelib 9 soatlik ish kunidan foydali ish vaqti 4-5 soatga yetar-yetmas bo'ladi. Yoki noto'g'rimi? ;)
Читать дальше