PHP dasturlash, 2 yil davomidagi saboqlarim

Ushbu maqola mening blogimdagi birinchisi bo`lgani sababli urushmaysizlar degan umiddaman :).
Quyidagi maqola men qilgan xatoliklar va ular orqali olgan saboqlarim haqida. Kim uchundir balkim qo`l kelib qolar. Men takrorlagan hatolikni takrorlamasdan uning oson yechimidan foydalanasiz degan umiddaman.
1. Saboq: Hech qachon skriptni kelajagini o`ylamasdan tuzmang!!!
Dasturlash kimningdir qo`shimcha kimningdir asosiy manbai hisoblanadi. Unda mijoz bergan buyurtmani maksimal tez va sifatli qilib bajarish lozim. Lekin vaqtdan yutaman deb skriptni faqat xozirini o`ylab tuzish yaramaydi. Menga tushgan buyurtmalar bir vaqtni o`zida 2 3 ta bo`lgani sababli iloji boricha tez bitirishga harakat qilar edim. Kodlarni bir birini ichiga tiqib, ortiqcha fayl ishlatmaslik uchun hammasini case larni ichiga tiqar edim. Natija? Natijada kodni umuman boshqarib bo`lmaydigan bo`ldi va unga qo`shimcha ham kiritib bo`lmas edi. Menga buyurtma bergan mijozlar dastlab berilgan buyurtmaga o`zgartiirsh kiritishni so`raganlarida har safar boshqatdan yozib chiqar edim :(.
Читать дальше