Apache Nginx ortida

Assalomu alaykum, hurmatli Opennetchilar! Men bu maqolani uzoq tanaffusdan keyin, xuddi birinchi marta maqola yozayotganday yozayapman. Shuning uchun maqolada ortiqchalik yoki kamchiliklar bo'lsa ma'zur tutgaysizlar.

Maqolaning kirish qismi balki sizga uzunroqday tuyular, ammo o'quvchini men ushbu maqolada nima haqida yozishim haqida to'laroq tasavvur hosil qilishi va u nimalarga yechim bo'lishi haqida ko'proq narsa bilishini xohlaganim sababli shunday qildim.

Eslatma: Ushbu maqola Apache nimaligini va uni o'rnatib vhostlarni yaratib ishga tushirishni biladigan kishilarga mo'ljallangan.

Oramizda loyihalarini o'zlarining serverlarida yoki VDS/VPS (Virtual Dedicated/Private Server)larida web server ko'tarib ishga tushurgan kishilar ham bor. Ana shunday vaziyatlarda web sayt, loyihalar bilan ishlagan kishilar ilgari uchramangan ba'zi yangicha muammolarga duch kelishadi. Shulardan biri bu — resurs yetishmasligi, ya'ni loyihaning sifatli va bardavom ishlashi uchun server sifatida ishlatilayotgan kompyuterning fizik quvvati yetishmay qolishi kabi holatlardir.
Читать дальше