Boshlovchilar uchun Linux Buyruqlar Satri bo'yicha qo’llanma

Ko’pincha buyruqlar satri bilan ishlashni eskirgan usul degan gaplarni eshitib qolamiz. Lekin bu usul Linuxda vazifalarni bajarishning eng elastik va kuchli yo’li hisoblanadi. Masalan, biror katalogdagi (hamda uning ichki kataloglari) hamma .doc fayllarni qidirib va ularni o’chirmoqchi bo’lsangiz, bu grafik interfeys orqali bir necha qadam bo’lishi mumkin. Linux buyruqlar satri orqali esa bu bir necha soniyaga boradi xolos.
Ushbu maqolada, Linux buyruqlar satri asoslari, katalog navigatsiyasi, fayl/katalog operatsiyalari haqida gaplashamiz.