Yii framework haqida

Yii – bu ko`p tarmoqli web ilovalar qurish uchun yuqori sifatli komponentlar asosidagi PHP – framework strukturasidir. U katta kodlardan qayta va qayta foydalanishda moslashuvchanlikni va web ilovani tezkoriligini oshirishiga imkon beradi. Qisqa qilib aytganda oddiy, samarali va keng ko`lamli php – framework.
Keling PHP frameworklarning o`zaro imkoniyatlarini chamalangan holda ko`rib chiqaylik.

Frameworklarning solishtirma nusxasi

· MVC: Model-View-Controller arxitekturasi bo`yicha qurish imkoniyatiga ega.
· Multiple DB's: Bir ma`lumotlar omboridan boshqa bir qancha ma`lumotlar omboriga o`zgartirishlarsiz amalga oshirilishi xususiyatiga ega.
· ORM: ActiveRecord da ma`lumotlar obyekti bog`lanishi arxitekturasini amalga oshirish.
· DB Objects: Ma`lumotlar ombori bilan ishlash xususiyatiga ega. ( Insert, Delete, Update kabilar)
· Templates: Qurilgan shablonlar mexanizmi frameworkiga ega.
· Caching: Berilgan obyektlarni keshlash yoki shu kabi boshqa uslubdagi keshlashga ega.
· Validation: Ma`lumotlar oqimini tekshirish yoki filtrlash xususiyatiga ega.
· Ajax: Frameworkda ajax tehnologiyasi orqali ishlash xususiyatiga ega.
· Auth Module: Foydalanuvchilarni authentication qilishda o`zining maxsus moduliga ega.
· Modules: Frameworkning o`zida maxsus komponentlarga ega (misol uchun: PDF bilan ishlash moduli, RSS moduli). Ya`ni foydali komponentlar jamlanmasi
· EDP: Event Driven Programming. Eventlar bilan ishlash xususiyatiga ega. Misol uchun jquery kutubxonasining click, dbclick eventlari kabi.

Qo`shimcha ma`lumot: Har bir framework o`zining biznes logikasiga ega va bu logika frameworkning qaysidir qismida yotadi. Yiining biznes logikasi Modelda joylashgan. Biznes logika deganda — qurilayotgan web ilovaning asosiy qismini tashkil qiluvchilari tushuniladi. Masalan: Validation, beforeSave, afterSave kabilar shular jumlasidan.

Manba: uzyiiblogspot.com dan olindi.
Читать дальше

JQuery validation plugindan foydalanish!

jquery
JQueryni har bir dasturchi yaxshi ko’rib, sevib o’z loyihalarida ishlatsa kerak deb o’ylayman. Chunki JQuery bilan ko’p muammolarni osongina hal qilamiz. Bu o’z navbatida foydalanuvchiga ham bir qancha qulayliklarni yaratadi. Men jqueryni o’rganishimga sabab bo’lgan narsa bu ajax edi :). Men bu maqolada ajax haqida gapirmoqchi emasman albatda. Ajaxga ham hali keying maqolalarimizda to’xtalib o’tamiz nasib etsa.
Читать дальше