Linuxda WiFi tarqatish nuqtasini yaratish

Ishda telefonim uchun internetni WiFidan foydalanaman. Asosan o`sha siz biladigan Windowsdagi Connectify-me dasturi orqali. Linuxda (Debian) ishlagan paytlarim muammo bo`layotgandi. Mana shu dasturga Linuxda ekvivalent dasturlarni qarab chiqib hostapd dasturini tanladim va uni sozlashga ham ikki soat vaqtim ketti, albatta u-bu resurslarga qarab. Ushbu postda mana dasturni sozlashni ko`rib o`tamiz.
Читать дальше

Ubuntuda gibernatsiya(uyqu rejim)dan keyin network-manager muammosini to‘g‘irlash

Ubuntuning 13.10 versiyalarida kompyuterni gibernatsiya (hibernate) o‘zbekcha qilib aytganda uyqu rejimga o‘tkazib, kompyuterni yana ishga tushirganimizda network-manager ishlamay qoladi. Hususan bu muammoga o‘zim ham bugungacha duch kelib kelayotgandim. hozirgacha sudo killall NetworkManager qilib, Network managerni qayta ishga tushirayotgan edim. Googledan bir qidirib ko‘rdimda quyidagi yechimni topdim.
Читать дальше

Android Telefonidan Modem sifatida Foydalanish

Android telefondan Modem sifatida foydalanish (WiFi orqali)

Ko'pchilik Noutbuk Foydalanuvchilarini Modem harajatlari qiynaydi yoki Modem sotib olishga imkoniyati yo'q bo'ladi.
Agar sizga Modem juda ham zarur bo'lsa va Android telefongiz bo'lsa Modem uchun pul sarflash shart emas!
Endi Android telefoningiz sizga MOdem sifatida ham xizmat ko'rsatadi va hech qanday simlarsiz!!!
Demak Ishni boshlaymiz (ishni Samsung Galaxy Mini Smartfoni asosida ko'rib chiqamiz)

1. Smartfonimizda quyidagi ketma ketlikni bajaramiz
Настройки -> Беспроводные сети -> Модем и точка доступа -> Переносная точка доступа ga ptichka qo'yamiz

2. NOutbukimizdan WiFi ni yoqamiz va bizga Androidimizning WiFi nomini topadi va ulanishga bosganimizda Parol so'raydi

3. Android WiFi paroli quyidagicha joyda saqlangan bo'ladi:
Настройки -> Беспроводные сети -> Модем и точка доступа -> Переносная точка доступа -> Точка доступа WIFI -> Настр.точка доступа WiFi -> Показать парол
va ushbu parolni Noutbukimizga kiritamiz shundan so'ng Noutbukimizga Telefonimizga ulanadi

Endi Internet oyog`ingiz ostida!!!

Muallif: pLaTiNuM
Читать дальше